Londonning "Chelsi" klubi hamda Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Villian mashg‘ulotlarda ishlatgan butsalarini Braziliyadagi nochor odamlarga berishga harakat qilishini aytdi.
“...Mashg‘ulot o‘tadigan maydonga bir soatlar oldin yetib borish — men uchun oddiy hol bo‘lib qolgan. Oshxonada ovqatlanaman, tibbiy xonaga esa fizioterapevtdan massaj qabul qilaman va u buyurgan mashqlarni bajaraman. Chunki mashg‘ulotga yaxshi tayyorlanish kerak.
Har bir mashg‘ulotda bir kiyimda bo‘lamiz, YECHL o‘yiniga tayyorlansak, boshqacharoq ekipirovkalarda qatnashamiz.
Agarda havo biroz sovuqlashsa, tabiiyki, issiqroq kiyinamiz, qishda esa albatta sharf-snud bilan mashg‘ulotlarni o‘tayman.
Bir mavsumda besh juftdan ko‘p butsalarni kiyaman. Eskirib qolgan butsalarimni esa Braziliyadagi ayrim nochor oilalarga berib yuboraman.
Mamlakatdagi bolalar futbol o‘ynashni juda erta yoshdan boshlashadi. O‘smirlar tez ulg‘ayadi va biz kabi futbolchilarga havas bilan qaray boshlaydi. Butsalarim esa aynan ularga atalgan”, deydi Villian.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridning “Real” klubi hujumchisi hamda Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Krishtianu Ronaldu qon plazmasi donoriga aylangani va qon topshirishni qolganlarga ham tavsiya qilayotgani haqida xabar bergandik.
Odamlarga doim yaxshilik ulashing, toki yaxshilik bir kun albatta ortga qaytadi!
Akmalxon Eshonxonov
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekistonning yarim finaldagi raqibi ma’lum [4203]
"Barselona" Olisening "Bavariya"dan keyin qayerda o‘ynashni xohlashini bilib oldi [4032]
Yamal JCH-2026 finalidan keyin Messiga nima deganini aytdi [2999]
«Manchester Siti»ning bir nechta yetakchi futbolchisi ketish haqida o‘ylamoqda [2710]
Mbappening tiklanish muddati ma’lum bo‘ldi [2611]
"Siti"ga keskin jazo talab qilindi: to‘rtinchi liga va 5 yil transferlarga taqiq [2595]
Flikka juda yoqadigan 18 yoshli futbolchining orzusi — «Real»ga o‘tish [2247]
26 sentyabrning eng muhim futbol o‘yinlari [2118]
Zidan ilk o‘yindayoq Mbappeni norozi qildi — sababi ma’lum [2000]













