Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/12 01:00 Atletik Bilbao 0-0 PSJ
11/12 01:00 Bayer 2-2 Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D 2-2 Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge 0-3 Arsenal
11/12 01:00 Yuventus 2-0 Pafos
11/12 01:00 Real Madrid 1-2 Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika 2-0 Napoli
11/12 15:00 Gamba Osaka 2-0 Ratchaburi
11/12 15:00 Tep Han Nam Din 9-0 Istern
11/12 17:15 Beyjing Guoan 1-2 Makartur
11/12 17:15 Tay Po 1-0 Kongan Hanoi
11/12 17:15 Pathum Yunayted 0-2 Tampines Rovers
11/12 17:15 Kaya–Iloilo 0-1 Poxang Stilers
13/12 00:45 Lechche - Piza
13/12 01:00 Real Sosyedad - Jirona
13/12 18:00 Atletiko - Valensiya
13/12 19:00 Torino - Cremonese
13/12 20:00 Chelsi - Everton
13/12 20:00 Liverpul - Brayton
13/12 20:15 Malyorka - Elche
13/12 22:00 Parma - Lasio
13/12 22:30 Byornli - Fulhem
13/12 22:30 Barselona - Osasuna

Ronaldu donorga aylandi va qon topshirishni qolganlarga ham tavsiya qilmoqda

Ronaldu donorga aylandi va qon topshirishni qolganlarga ham tavsiya qilmoqda

Baho:
+-1 | -
Madridning “Real” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Krishtianu Ronaldu qon plazmasi donoriga aylandi. Bu haqda futbolchining o‘zi Instagram tarmog‘idagi sahifasi orqali e’lon qildi.
 
Ronaldu so‘nggi yillarda “Abbott” tibbiyot kompaniyasining “BeThe1Donor” dasturi a’zosiga aylangandi. Mazkur dastur butun dunyoda qon va qon plazmasi donorlari harakatini birlashtirgan bo‘lib, Ronaldu ham donorlar tarkibiga kirganini o‘zining surati orqali tasdiqladi.
 
“Motivasiya! Qo‘limdagi qon plazmasi to‘ldirilgan paketga butun dunyoda muhtojlar soni qanchaligini yaxshi bilaman. Ular qon plazmasiga muhtojdirlar, “mehringizni” muhtoj odamlarga ulashing va imkoniyat borligida bir-biringizga yordam qo‘lini cho‘zing!”, deya yozadi Krishtianu Ronaldu.
 
Qon plazmasi — qizil qon hujayralari, ya’ni eritrositlar hamda oq qon hujayralari, ya’ni leykositlardan xoli qilingan sarg‘ish suyuqlik bo‘lib, umumiy qon hajmining 55 foizini o‘z tarkibida saqlay oladi.
 
Shuningdek, plazma qon quyish vaqtida qon hajmini qayta tiklash, shuningdek, o‘zining xususiyatlariga ko‘ra boshqa “yordamchi suyuqlik” vazifalarini o‘taydi.
 
Ronaldu “BeThe1Donor” dasturiga sobiq jamoadoshining bemor o‘g‘li va qolgan muhtojlarga yordam berish uchun jiddiy bel bog‘lagan. 32 yoshli futbolchi bir yilda ikki marta qon topshiradi va qolganlarni ham shu ishni hech bo‘lmasa bir yilda amalga oshirishga chorlab qoldi.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu 2013 yilda qo‘lga kiritgan “Oltin to‘p”ini auksionda 600 ming yevroga sotib, savdodan kelgan barcha pulni butun dunyodagi ahvoli og‘ir, xasta bolalarning sog‘ayib ketishi uchun yo‘naltirgandi.
 
Shuningdek, “Oltin to‘p” sovrining to‘rt karra sohibi bir necha yildan buyon yurak raki xastaligidan aziyat chekayotgan polshalik Oliver Plusiyennikning bir umrlik homiysiga aylangani haqida ham xabar bergandik.   Akmalxon Eshonxonov
Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 10:03, 13.10.2017.
O'qildi: 4335 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.