Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekiston kubogi finali qachon va qayerda bo‘lib o‘tishi ma’lum

O‘zbekiston kubogi finali qachon va qayerda bo‘lib o‘tishi ma’lum

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogining final o‘yini 4 dekabr, dushanba kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadi. “Lokomotiv” va “Bunyodkor” maydonga tushadigan uchrashuv soat 15:00da boshlanadi.

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Professional Futbol Ligasi bilan hamkorlikda kubok finalini bayramona tarzda o‘tkazish maqsadida o‘yindan oldin musiqiy shou-dastur o‘tkazishni rejalashtiryapti.

«Lokomotiv» va «Bunyodkor» jamoalari o‘rtasidagi finalni Birlashgan Arab Amirliklari vakillari bo‘lgan hakamlar guruhi boshqaradi. Mazkur o‘yinda Muhammad Abdulla Hasan bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda Muhammad Hasan Abdulla al-Mahri hamda Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla al-Hammadi yordam beradi. To‘rtinchi referi vazifasi Ammar Ali Abdulla al-Junaybiyga yuklatildi.

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, BAAlik hakamlarning Kubok finalini boshqarishi O‘zbekiston Futbol Federasiyasi va BAA Futbol Uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilmoqda.

Final bellashuvi mezbonini aniqlash uchun tashlangan qur’ada «Bunyodkor» nominal mezbon maqomiga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, final o‘yinida «Bunyodkor» futbolchilari qizg‘ish-oq rangli futbolkalarda maydonga tushadi. O‘zbekiston Kubogining amaldagi sohibi – «Lokomotiv» a’zolari esa oq-yashil formada o‘ynaydi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 19:45, 13.10.2017.
O'qildi: 9456 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.