Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Dam olish kunlari bizni kutayotgan muhim o‘yinlar

Dam olish kunlari bizni kutayotgan muhim o‘yinlar

Baho:
+-1 | -

FIFA kunlari yakuniga yetib, Yevropa milliy chempionatlarida navbatdagi tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Muxlislarni kutayotgan eng qiziqarli uchrashuvlar bilan qisqacha anons shaklida tanishtirib o‘tamiz.

«Liverpul» — «Manchester Yunayted»
Angliya - Premyer-liga. 8-tur
14 oktyabr 2017, shanba. 16:30.

«Liverpul»ga qarshi o‘yin «Manchester Yunayted» uchun ushbu mavsumdagi ilk jiddiy sinov bo‘ladi. Mourinyo jamoasi APLning dastlabki 7ta turida mag‘lubiyatga uchramadi, lekin mankunianliklar hali kuchli raqibga ro‘baro‘ kelishmagandi. «Liverpul» ushbu mavsumda barqaror natija ko‘rsata olmayotgan bo‘lsa-da, jamoa ancha kuchli. Dam olish kuni ancha shiddatli uchrashuv bilan boshlanishiga shubha yo‘q.

«Yuventus» — «Lasio»
Italiya - Seriya A. 8-tur
14 oktyabr 2017, shanba. 21:00

Italiya A seriyasi jadvalida ikkinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda borayotgan klublar orasini bor-yo‘g‘i 3 ochko ajratib turibdi. «Lasio» ushbu mavsumda «Milan»ni yirik hisobda mag‘lub etishga ulgurgan bo‘lsa, so‘nggi turda bo‘lib o‘tgan «Sassuolo»ga qarshi o‘yinda raqib darvozasiga 6ta to‘p yo‘lladi. «Yuventus» esa "Atalanta"ga qarshi bahsda 2:0 hisobida oldinda borayotib, yakunda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. "Keksa sinyora" oldida jiddiy sinov turganiga shubha yo‘q.

«Borussiya» Dortmund — «RB Leypsig»
Germaniya - Bundesliga. 8-tur
14 oktyabr 2017, shanba. 21:30

Dortmundliklar «Manchester Yunayted» kabi ushbu mavsumda hali mag‘lubiyat alamini tortishmadi. Jamoa Bundesligada bir marta durang o‘ynadi xolos. «Leypsig»ga qarshi uchrashuv Bosh shogirdlari uchun jiddiy sinov. Boisi leypsigliklar so‘nggi 4ta o‘yinda 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

«Roma» — «Napoli»
Italiya - A seriya. 8-tur
14 oktyabr 2017, shanba. 23:45

7ta o‘yin, 7ta g‘alaba, 21 ochko — bu «Napoli» jamoasining A seriyadagi ko‘rsatkichlari. Maurisio Sarri shogirdlari Rimning boshqa klubini mag‘lub etishga ulgurishdi. Endi navbat «Roma»ga. Neapolliklarning raqibi hozircha faqat «Inter»ga yutqazdi. Ko‘ramiz, «Napoli» 8-turdan keyin ham peshqadamlikni o‘zlarida saqlab qola olisharmikin.

«Atletiko» — «Barselona»
Ispaniya - Primera. 8-tur
14 oktyabr 2017, shanba. 23:45

«Barsa» ham La ligada hali ochko yo‘qotmadi, lekin bu seriya bugun yakuniga yetishi mumkin. «Atletiko» har doimgidek raqibiga jiddiy qarshilik ko‘rsatib, o‘z uyida kamida 1 ochkoni qo‘lga kiritishga urinadi. Boz ustiga, "matraschilar" o‘zlarining yangi stadionlari — «Vanda Metropolitano»da hali ochko yo‘qotishmadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:47, 14.10.2017.
O'qildi: 9409 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик