Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Bahrom Norsafarov: "Xitoyga kelasi yilgi JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun keldik"

Bahrom Norsafarov: "Xitoyga kelasi yilgi JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun keldik"

Baho:
+ | -

Xitoyning Nankin shahrida ertaga, 15 oktyabr kuni 19 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasida Osiyo chempionati start oladi. O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Nosafarov musobaqadan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida qatnashib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Mazkur turnirda ikkita Osiyo chempioni (SH.Koreya U-16 va Yaponiya U-19) ishtirok etayotganini tushunamiz va ular kuchli ekanini bilamiz. Ammo biz Xitoyga kelasi yili bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun keldik. Xitoyga qarshi ilk o‘yin qiyin kechishi tabiiy. Raqibni har tomonlama o‘rganib, AQSH, Yaponiya va Eronga qarshi o‘yinlarini tahlil qildik”, – dedi Bahrom Norsafarov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-19 ayollar termasi “A” guruhida Xitoydan tashqari Tailand va Shimoliy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, guruh bosqichida 1–2 o‘rinlarni egallagan terma jamoalar yarim finalga chiqadi. Osiyo chempionati yakunida 1–3 o‘rinlarni egallagan terma jamoalar esa 2018 yili Fransiyada bo‘lib o‘tadigan 20 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatiga yo‘llanma oladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 21:51, 14.10.2017.
O'qildi: 3228 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.