Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

«Aslida oddiy bolakayman...» Sayyoramizdagi eng kuchli yosh futbolchilardan birining tarixi

«Aslida oddiy bolakayman...» Sayyoramizdagi eng kuchli yosh futbolchilardan birining tarixi

Baho:
+-1 | -

Mana, hozir hammaning e’tibori shu 18 yoshli yigitchada, u barcha-barchaning tilida. Bondi Fransiya poytaxtiga tutash boshqa shaharchalardan aytarli farq qilmaydi.

Butun tarixda u yerdan atigi ikki mashhur shaxs chiqqan. Birinchisi - hukumatni Sharl de Goll boshqargan davrda Fransiya Madaniyat vaziri lavozimida ishlagan Andre Malro. Ikkinchisi - aynan Kilian Mbappe.

**************

Xullas, Bondining hozirgi g‘ururi - futbol vakili. Aslida Kilian ajib yurishini Parij bilan chegaradosh shaharchada sokingina boshlagan.

Rasmiy jihatdan olsak, Kilian oilaning yagona farzandi bo‘lgan, ammo o‘gay akasi Jires Kembo-Ekoko bilan birga ulg‘aygan. O‘sha vaqt Kongoda fuqarolar urushi borardi, xunrezliklar oqibatida Jires yetim qoladi va qarovsiz yigitchani Fransiyaga yuborishadi. Xullas, keyinchalik kongolik bo‘lajak futbolchini Mbappelar oilasi o‘z qaramog‘iga oladi

. «Jires bilan boshidanoq muammosiz do‘stlashganmiz. O‘rtamizda haqiqiy aka-ukalarcha munosabat shakl-langan va hozirgacha bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab kelyapmiz», - deydi Kilian tutingan akasi haqida. Oddiy aytganda, u ota-onasiga o‘gay akasi ustidan biror marta shikoyat qilmagan.

Aksincha, Jires begona ekanligini his etmasligi uchun uni doimo o‘ziga yaqin olishga uringan. Tabiiyki, Kembo-Ekokoning professional futbolchi sifatida nom qozonganida oilaviy muhitning ta’siri ham bor, albatta.

Ma’lumot uchun aytish kerak, asli kongolik yigit keyinchalik «Renn» bilan shartnoma tuzib, klubda 7 yil davomida hujumkor yarim himoyachi vazifasini munosib bajardi.

**************

Kilianning akasi ortidan borib, futbolchi bo‘lishi erta kundayoq oydinlashgandi. «Ko‘p yillardan buyon «Bondi»da bolalar murabbiyi sifatida ishlayman, ammo gohida Kilian bilan gaplashishda qiynalaman.

Axir unga qo‘yib bersangiz, haftasiga 7 kun 24 soat davomida tinmay futbol haqida gapiradi, o‘ylaydi. Deylik, mashg‘ulotlar tugagani hamono hammadan oldin kiyinardi va imkon boricha ko‘proq o‘yin tomosha qilish uchun uyga shoshardi», - deya eslaydi Kilianning otasi Vilfrid. Tushunarliki, kichik Mbappe maktabda jismoniy tarbiya darsiga alohida mehr bergan.

Boshqa fanlarga esa yuzaki qarab, butun dars davomida daftariga klub ramzlari, mashhur futbolchilar suratini chizib o‘tirgan yoki deraza oynasiga termulgancha buyuk o‘yinchi bo‘lish haqida xayol surishdan charchamagan.

Har holda, darsga e’tiborsizligi tufayli o‘qituvchilardan har doim dakki eshitardi. Muhimi, ota-onasi uning futbolga munosabatini to‘liq qo‘llab-quvvatlashadi. 2011 yilga kelib, kichik Mbappeni «Klerfonten» akademiyasiga chorlashadi.

Bu maskan futbol olamiga Vilyam Gallas, Xatem Ben Arfa, Blez Matyuidi, Nikolya Anelka va Tyerri Anri kabi ijrochilarni tortiq etgani bilan mashhur. Kilian buni bilardi, zero, fransiyalik taniqli futbolchilarga aslo befarq qaramasdi. Qisqasi, yangi joyda uning qiziqishiyu, ishtiyoqi yanada kuchayadi.

«Ayniqsa, Ronalduning «Re-al»dagi o‘yinlaridan o‘zgacha hayratlanardim. Uning surati bosilgan 

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:47, 15.10.2017.
O'qildi: 5431 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.