Bugun Italiyada Milan derbisi o‘tkaziladi. Ushbu o‘yinni "Milan" jamoasi ujumchisi Nikola Kalinich o‘tkazib yuboradi.
U hali jarohatidan tuzalib ulgurmadi. Shu boisdan ham bugungi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Xorvtiyalik futbolchidan tashqari "Milan"ning yana ikki a’zolari - Luka Antonelli va Andrea Kontilar ham lazaretda bo‘lib turishibdi. Shuningdek, Xoqon Cholhono‘g‘li diskvalifikasiya bois maydonga tushmaydi.
Ma’lumot uchun, "Inter" - "Milan" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.