Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 1-1 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Futzal. O‘zbekiston termasi OCH saralashini yirik g‘alaba bilan boshladi

Futzal. O‘zbekiston termasi OCH saralashini yirik g‘alaba bilan boshladi

Baho:
+ | -

Eronning Tabriz shahrida bugun, 15 oktyabr kuni futzal bo‘yicha Osiyo chempionatiga saralash bosqichi o‘yinlari start oldi.

Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi “A” guruhidan joy olgan O‘zbekiston termasi bugun OCH saralashidagi ishtirokini Nepalga qarshi o‘tkazdi. O‘yin davomida katta ustunlikka ega bo‘lgan Bahodir Ahmedov shogirdlari yakunda 14:1 hisobida zafar quchib, saralashni yirik g‘alaba bilan boshladi.

Futzal bo‘yicha OCH saralashi
“A” guruhi, 1-tur
15 oktyabr, yakshanba

O‘zbekiston – Nepal 14:1

Gollar: Dilshod Rahmatov (1, 8, 22), Farhod Abdumavlonov (2), Davron Choriyev (3, 24), Davron Abdurahmonov (5), Artur Yunusov (13, 13), Anasxon Rahmatov (26), Husniddin Nishonov (33), Saurab Magar (35 – avtogol) Dilmurod Shavkatov (39, 39) – Suraj Raut (22)

O‘zbekiston (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov.

Zaxira: Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Ixtiyor Ropiyev, Dilmurod Shavkatov, Davron Abdurahmonov, Akmal Harzatqulov, Husniddin Nishonov.

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi turni ertaga, 16 oktyabr kuni Turkmaniston futzalchilariga qarshi o‘tkazadi. Quyida qolgan o‘yinlar anonsi bilan tanishing: 

16 oktyabr, dushanba

15:30  Nepal – Qirg‘iziston
18:00  Turkmaniston – O‘ZBEKISTON

17 oktyabr, seshanba

15:30  O‘ZBEKISTON – Qirg‘iziston
18:00  Turkmaniston – Nepal

Izoh: Uchrashuvlar soati Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

Musobaqa taqvimi va natijalari bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, guruhda 1–2 o‘rinlarni egallagan jamoalar Osiyo chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Qit’a birinchiligida jami 16 jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:42, 15.10.2017.
O'qildi: 5678 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.