Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Toni Kroosga tramplin vazifasini bajargan U-17 mundiali

Toni Kroosga tramplin vazifasini bajargan U-17 mundiali

Baho:
+ | -

Hindistonda U-17 toifasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

FIFA tasnifida «kenja» mundial hisoblanuvchi o‘smirlar turnirining yosh futbolchilar faoliyatida katta o‘rin tutishi o‘z-o‘zidan tushunarli.

Tarix sahifalarini asta varaqlasak, ko‘plab buyuk yulduzlar futboldagi dadil yurishlarini aynan U-17 chempionatidan boshlashganini ko‘ramiz.

Misol uchun, Toni Kroos bundan 10 yil muqaddam Janubiy Koreya maydonlarida tashkillashtirilgan kichik mundialda yorqin o‘yinlar ko‘rsatib, Germaniya termasining 3-o‘rinni egallashida bosh rollardan birini bajargandi.

Mana, u bugun eng sara yulduzlar qatorida. Bilasiz, ayni payt «Real» sharafini himoya qilayotgan Kroos 2014 yili bundestim bilan kattalar o‘rtasidagi asosiy JCHda  g‘oliblar shohsupasiga ko‘tarildi.

Umuman, Toni maydonda zargarona to‘p uzatishiyu, avvalo, aqlga tayanib harakatlanishi bilan ajralib turadi. 27 yoshli yarim himoyachi koreys diyoridagi o‘sha «kenja» mundialdayoq maydon markazini to‘liq nazorat qiluvchi va hujumlarni boshlovchi «xalqa» misoli ko‘zga tashlangandi.

U hozir ham Germaniya termasi va yulduzli «Real»da xuddi shu maqomga ega. Xullas, o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati yoshlar uchun chindan ham, haqiqiy tramplin vazifasini o‘tab berishi mumkinligini Toni Kroos misolida yaqqol anglash mumkin.

«Real» safida javlon urayotgan nemis futbolchisi J.Koreyadagi o‘sha mundialdan keyin sekin-asta yuqoriga ko‘tarildi.

Xususan, ortda qolgan 10 yil davomida turli darajadagi ko‘plab sovrinlarga ega chiqdiki, ular kattagina xonani ko‘rgazma maydonidek bezash uchun yetib ortadi.

E’tiborli tomoni, Toni shu sovrinlaridan dastlabkilarini 17 yoshida aynan J.Koreya-2007 mundialida qo‘lga kiritgandi. Ya’ni u 3-o‘rin sohibi sifatida bronza medalini olishdan tashqari, turnirning eng yaxshi futbolchisiga «Adidas» tomonidan beriladigan «Oltin to‘p» sovriniga ega chiqqandi.

Shuningdek, «Adidas»dan «Bronza butsasi»ni ham qabul qilib olgan. Zero, Kroos musobaqaning uchinchi yaxshi to‘purari bo‘lgandi.

«O‘sha kichik mundial professional futbolchi sifatida o‘sishimda katta o‘rin tutgani aniq. Umuman, o‘smirlar turniri faoliyatimdagi eng muhim voqealardan biridir, shubhasiz», - deydi Kroosning o‘zi.

Ha, grayfsvaldlik yigit Osiyoda erishgan natijalari bilan cheklanib qolishni istamay, keyinchalik ham sidqidildan ishlashda davom etdi.

Mana, u endilikda DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:12, 16.10.2017.
O'qildi: 8606 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик