Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Legionerlarimizning oxirgi haftasi qanday o‘tdi

Legionerlarimizning oxirgi haftasi qanday o‘tdi

Baho:
+ | -

Golli seriya. Qatar Yulduzlar ligasi 4-turida terma jamoamiz a’zolari - Temurxo‘ja Abduxoliqov va Sanjar Tursunov klublari o‘zaro to‘qnash keldi.

Aniqroq aytsak, «Al-Sayliya» o‘z maydonida «Al-Haraytiat»ga qarshi o‘ynab, 2:1 hisobida zafar quchdi. Butun o‘yin davomida faol harakatlangan jamoa a’zosi Abduxoliqov 40-daqiqada mavsum hisobidan 4-golini nishonladi.

Mehmon jamoa safida esa Sanjar Tursunov to‘liq vaqt davomida to‘p surdi. «Al-Sayliya» 4ta turdan keyin 9 ochkoga ega va 2-o‘rinda bormoqda. «Al-Haraytiat» hisobida esa atigi 1 ochko bor va u turnir jadvalining 11-qatorida.

Diqqatga sazovor tomoni, Abduxoliqov ayni payt Yulduzlar ligasi to‘purarlari poygasida 2-o‘rinni egallab turibdi. Xullas, birgina «Umm Salal» hujumchisi Yannik Sagbo hamyurtimizdan 1ta ko‘p gol urgan.

Amaliyot chakki emas. Rossiya chempionati 13-turida vakillarimiz o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishdi. Xususan, Eldor Shomurodov «Rostov» - «Rubin»o‘yinida mezbonlarning boshlang‘ich tarkibidan joy oldi va 72-daqiqaga qadar harakatlandi.

To‘g‘ri, uning jamoasi yakunda yagona gol tufayli mag‘lubiyatga uchradi. Shuningdek, «Lokomotiv» ham tur o‘yinini kichik hisobda boy berdi.

«Temiryo‘lchilar»a’zosi Vitaliy Denisov «Ufa» maydonidagi omadsiz o‘yinda to‘liq 90 daqiqa to‘p surishdan tashqari,sariq kartochka oldi.

«Anji» esa «Ural» mehmoni bo‘lib, ortga ochkosiz qaytdi - 1:2. Maxachqal’aliklar sharafini himoya qilayotgan Vadim Afonin bu uchrashuvda maydonga tushmadi.

Odil maxsus sovg‘a sohibi. O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Odil Ahmedovning Andre Villash-Boash boshqarayotgan «Shanxay SIPG»da ko‘rsatayotgan o‘yinlari klub rahbariyatini quvontirgan ko‘rinadi. DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:07, 16.10.2017.
O'qildi: 4733 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик