Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Nodir Eliboyev: «Osiyo chempionatiga chiqish vazifani uddaladik»

Nodir Eliboyev: «Osiyo chempionatiga chiqish vazifani uddaladik»

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidan Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhi 2-turida Turkmaniston bilan kuch sinashib, 4:2 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvdan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi assistenti, terma jamoaning sobiq a’zosi Nodir Eliboyev O‘FF matbuot xizmati bilan suhbatda o‘yin haqidagi fikrlari, qo‘lga kiritilgan OCH yo‘llanmasi va bo‘lajak bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Turkmaniston terma jamoasi dastlabki daqiqalardan faollik ko‘rsatib, ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldi. Yigitlarimiz esa aksincha o‘yinni juda sust boshlashdi. Baxtimizga Rustam Umarov bir necha vaziyatlarda o‘z mahoratini ko‘rsatib, jamoamizni muqarrar gollardan saqladi. Ikkinchi bo‘lim umuman boshqacha ko‘rinish oldi. Ustunlik biz tomonga o‘tdi va raqibga erkin o‘ynash uchun imkoniyat bermadik.

O‘tkazib yuborilgan gollarga kelsak, birinchi golni 10 metrlik nuqtadan, ikkinchisini esa raqib o‘ynovchi darvozabonni tushirganidan keyin qo‘yib yubordik. Uchrashuvning yakuniy natijasi va yigitlarning o‘yinidan ko‘nglimiz to‘ldi. Oldimizga Osiyo chempionatiga chiqish vazifasi qo‘yilgandi va biz buni uddaladik. Qirg‘izistonga qarshi o‘yin bugungisidan osonroq kechadi deb o‘ylayman. Umid qilamanki, so‘nggi bellashuvda ham g‘alaba qozonamiz”, – dedi Nodir Eliboyev.

Terma jamoa bosh murabbiyi yordamchisi tarkibdagi xato va kamchiliklar haqidagi savolga javob berar ekan, ularning barchasi o‘yindan-o‘yinga bartaraf qilinayotganini bildirdi.

“Albatta, kamchilik va xatolar, o‘yinchilarga e’tirozlar bo‘ladi. Ammo bularning barchasini o‘yindan-o‘yinga bartaraf qilib borayotganimiz kishini xursand qiladi. Ish bo‘layotgan har qanday joyda kamchilik va xatolar uchrab turadi”, – deya o‘z fikriga yakun yasadi Nodir Eliboyev.  

Eslatib o‘tamiz, saralash bosqichi “A” guruhi so‘nggi turida O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston futzalchilariga qarshi maydoncha chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:30 da boshlanadi. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 23:41, 16.10.2017.
O'qildi: 2526 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.