Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Rustam Umarov: «Toshkentda Turkmanistonga yutqazganimiz tasodif ekanini isbotladik»

Rustam Umarov: «Toshkentda Turkmanistonga yutqazganimiz tasodif ekanini isbotladik»

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidan Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhida ketma-ket ikkita g‘alabaga erishib, muddatidan avval qit’a birinchiligiga yo‘llanmani naqd qildi.

Dastlab Nepal terma jamoasi osonlik bilan 14:1 hisobida taslim etilgan bo‘lsa, Turkmaniston termasiga qarshi 4:2 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda oson bo‘lmadi. Aynan Turkmanistonga qarshi bellashuvda o‘yin qahramoniga aylangan tajribali darvozabon Rustam Umarov O‘FF matbuot xizmati bilan suhbatda o‘yin taassurotlari, ichki hayajon va qo‘lga kiritilgan OCH yo‘llanmasi haqida so‘zladi.

“Butun O‘zbekiston xalqini, shuningdek, terma jamoaning barcha vakillarini bugungi g‘alaba va qo‘lga kiritilgan Osiyo chempionati yo‘llanmasi bilan tabriklayman. Dastlabki turda biz tanimagan, biz bilmagan Nepal termasiga qarshi to‘p surdik. O‘yin oson kechdi va yakunda yirik (14:1) g‘alabani rasmiylashtirdik. Bugun esa anchagina tajribali va bizga tanish bo‘lgan Turkmaniston bilan kuch sinashdik. Ashxobodda o‘tgan Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari Turkmaniston munosib ishtirok etganiga guvoh bo‘ldik. Bundan tashqari, bugungi raqib bilan Toshkentda ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, bitta mag‘lubiyat (5:6) va bitta durang (1:1) qayd etgandik. Turkmanistonga qarshi o‘yin oson kechmasligini bilgan holda, o‘ziga xos revansh olishga harakat qildik va buning uddasidan chiqdik.

Bosh murabbiy o‘yin oldidan barcha kerakli ko‘rsatmalarni berib, video tahlil orqali xatolarini hamda zaif nuqtalarini ko‘rsatib berdi. Birinchi bo‘limda o‘yinchilarimiz biroz uyquga ketgandek tasavvur o‘yg‘otdi va buning ortidan bir nechta xatolar vujudga keldi. Qiyin vaziyatlarda jamoadoshlarimga qo‘ldan kelgancha yordam berishga urindim. Ikkinchi golni urganimizdan keyin esa o‘zimizga bo‘lgan ishonch ortdi va yakunda biz muvaffaqiyatga erishdik. Toshkentdagi mag‘lubiyat shunchaki tasodif ekanini isbotlay oldik, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Guruhda 6 ochko to‘plab, muddatidan avval Osiyo chempionatiga yo‘llanma oldik. Qayd etilgan natijadan barcha xursand, hammaning kayfiyati yaxshi.

Qirg‘izistonga qarshi o‘yin uchun qanday strategiya tanlanganini hozircha bilmayman. Bosh murabbiy o‘yindan oldik ko‘rsatmalar beradi va shundan so‘ng barchasiga oydinlik kiritiladi. Ammo shuni aytishim mumkinki, Osiyo chempionati kumush medallari sohibi sifatida ertangi o‘yinda zafar quchib, guruh bosqichini yetakchi sifatida tugatishimiz kerak”, – dedi Rustam Umarov.

Eslatib o‘tamiz, saralash bosqichi “A” guruhi so‘nggi turida O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston futzalchilariga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:30 da boshlanadi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 08:14, 17.10.2017.
O'qildi: 3210 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.