Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

YECHL. Ronalduning goli «Real»ga g‘alaba keltirmadi

YECHL. Ronalduning goli «Real»ga g‘alaba keltirmadi

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining 3-turidan o‘rin olgan “Real” – “Tottenxem” uchrashuvi yakuniga yetdi.

Unda 1:1 hisobi qayd etilib “qirollik klubi” o‘z maydonida “Tottenxem” ustidan g‘alaba qozona olmadi.

28-daqiqada uzatilgan to‘pni Xarri Keyn Navas qo‘riqlayotgan darvozaga yo‘naltirdi va bu vaziyatda to‘p Rafael Varanning oyog‘iga tegib avtogol qayd etildi.

Uchrashuvning 42-daqiqasida Serj Orye Toni Kroosni jarima maydonchasida chalib yiqitdi va bu vaziyatda bosh hakam “Tottenxem” darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi.

Yuzaga kelgan penaltini esa Ronaldu to‘g‘ri amalga oshirib, o‘yinda hisobni tenglashtirdi va bu gol bilan “Real”ning YECHL uchrashuvlarida ketma-ket 40-golini kiritdi.

“Real” hujumchisi Karim Benzemada gol urish uchun bir qancha vaziyatlar yuzaga kelgandi, biroq bugun fransiyalik hujumchining omadi chopmadi va o‘rnini 76-daqiqada Marko Asensioga bo‘shatib berdi.

Bundan tashqari Krishtianu Ronaldu bir necha bor raqib himoyachilaridan qochib ketib, Lyoris qo‘riqlayotgan darvozani nishonga oldi. Ammo “Tottenxem” darvozaboni Ronalduning barcha zarbalarida mahorat ko‘rsatib, jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi.

Shu tariqa, “Real” YECHLning uchinchi turida “Tottenxem” bilan durang o‘ynab, ochkolari sonini yettiga yetkizib oldi. “Tottenxem” jamoasida ham xuddi shuncha ochko mavjud.

YECHL, 3-tur.

Madrid shahri. “Santyago Bernabeu” stadioni.

«Real» - «Tottenxem» - 1:1 (1:1)

Gollar: Ronaldu 43 (pen) — Varan 28 (ag).

“Real”: Navas, Varan, Marselo, Xakimi, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko (Lukas 87), Modrich, Ronaldu, Benzema (Asensio 76).

“Tottenxem”: Lyoris, Alderveyreld, Sanches, OrYE, Vertongen, Sissoko (Son 89), Dayer, Uinks, Eriksen, Lyorente (Rouz 80), Keyn.

Ogohlantirishlar: Ronaldu 32, Orye 43.

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 01:00, 18.10.2017.
O'qildi: 5635 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.