Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Sarri: «Manchester Siti» — YECHLda g‘olib chiqish uchun asosiy nomzod»

Sarri: «Manchester Siti» — YECHLda g‘olib chiqish uchun asosiy nomzod»

Baho:
+ | -

«Napoli» Maurisio Sarri YECHL doirasida bo‘lib o‘tgan «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin (1:2) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Dastlabki 30 daqiqada bizga nima bo‘lganini tushunmadim. Raqibga haddan tashqari ko‘p bo‘sh hudud taqdim etdik. Qolgan vaqt davomida ancha yaxshi o‘ynadik va "Manchester Siti" bilan bir xil darajada bo‘ldik. Birinchi bo‘limda foydalanilmagan penalti bizga og‘ir botdi. Ammo biz ruhan tiklanib oldik va ikkinchi bo‘limni ajoyib tarzda o‘tkazdik.

Bizning o‘rnimizda ko‘p jamoalar "Siti"ga munosib qarshilik ko‘rsata olmagan bo‘lardi. Biz raqibga ko‘p muammolar yaratdik. Umuman olganda, biz 4ta golga tortadigan vaziyat yaratgan bo‘lsak, «Siti» 5ta imkoniyatga ega bo‘ldi. Demak, biz bu yerga hujumkor o‘yin ko‘rsatish uchun kelganimizni isbotladik. «Manchester Siti» — musobaqada g‘olib chiqish uchun asosiy da’vogar. Ular tezkor, taktik jihatdan bexato o‘ynaydi, jismoniy va ruhiy jihatdan kuchli. Agar ular o‘z darajalarini saqlab qolishsa, turnir oxiriga qadar yetib borishadi», — dedi Sarri.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:52, 18.10.2017.
O'qildi: 2962 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик