Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa 3-0 Kalyari
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

O‘zbek futbolida shaffoflikka bo‘lgan ehtiyoj

O‘zbek futbolida shaffoflikka bo‘lgan ehtiyoj

Baho:
+ | -

Futbol allaqachon shunchaki sport  turi darajasidan chiqib ulgurgan. U endi nafaqat yashil maydondagi kurash, balki uning tashqarisidagi voqealarga ham daxldorlik kasb etmoqda.

Muxlislar uchun futbolchining nafaqat finti va driblingi, balki shaxsiy hayotidan tortib, qancha maosh olishigacha qiziq. Ular hamma narsadan boxabar bo‘lishni istaydilar.

Millionlar o‘yini deyilishiga sabab ham shunda. Yevropa futbolida darhaqiqat, millionlar aylanadi va buni hamma biladi. Bizda-chi?

BO‘SH TRIBUNALAR

O‘zbek futboli haqida gap ketar ekan, ko‘z oldingizga eng avvalo, bo‘m-bo‘sh tribunalar keladi. Aytaylik, «Paxtakor» va «Lokomotiv» maydonda o‘zaro hisob-kitob qilishmoqda.

Bu o‘yin har doim katta ahamiyat kasb etadi. Ammo faqat turnir jadvali nuqtai nazaridan. Muxlislik jihatidan esa balandparvoz gaplarni aytishga iymanadi, kishi.

Chunki oliy liganing ikki yetakchisi to‘qnash kelgan bahsda 35 ming kishiga mo‘ljallangan arenada «bir hovuch» muxlis o‘tiradi. Nima uchun? Chunki ko‘pchilikka qizig‘i yo‘q. Har qancha qimmatbaho telefon va «Damas» va’da qilmang, tomoshabin kelishi qiyin.

To‘g‘ri, «Paxtakor» - «Lokomotiv» uchrashuvi keskin kurashlarga boy tarzda o‘tishi mumkin. Ammo ishqibozlar Yevropa futbolini tomosha qilishni ma’qul ko‘radilar. Ularni o‘zgartirmoqchimisiz? Avval futbolni, aniqrog‘i, unga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.

Viloyatlarda oliy liga o‘yinlariga qiziqish nisbatan yaxshiroq. Ammo e’tibor qaratsangiz, ko‘pincha bu qiziqish natijaga bog‘liq bo‘ladi.

Masalan, «Dinamo» mavsum boshida ketma-ket g‘alabalarga erishganda, stadionga tomoshabin sig‘magandi. Mag‘lubiyat boshlangani hamono muxlis qadami ham siyraklashib qoldi.

Kimdir buni tabiiy hol deb bilar. Ammo nima uchun Angliya chempionatida «Lester» chempionlikka erishganda ham, quyi ligaga tushib ketish xavfi ostida turganda ham tribunalar to‘lib-toshishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? O‘yin sifati? Balki, shundaydir. Ammo yana bir masala borki, uni ham ko‘rib chiqish shart.

BOSHQA MASALA

Angliya, Ispaniya, Fransiya va Germaniya chempionatlarida nafaqat yuqori liga, balki quyi bosqichlarda ham stadionlarda ishqiboz ko‘p bo‘lishi odatiy hol. Buning birgina sababi bor - u yerda futbol muxlislar uchun o‘ynaladi.

Bu o‘rinda faqat jamoalar o‘rtasida kechadigan keskin kurash nazarda tutilmayapti. Ishqiboz uchun hamma narsa qiziq - futbolchining yurish-turishi, transfer qiymati, oladigan maoshi - bari eksklyuziv ma’lumot sifatida taqdim etiladi.

Hattoki, ba’zi klublar qimmatbaho o‘yinchilarni nafaqat o‘yinni kuchaytirish, balki muxlis e’tiborini tortish uchun ham sotib olishadi. Shu tariqa reklama orqali mo‘may daromad ishlab topish imkoni ham tug‘iladi. Bizda-chi?

Oliy ligada vaziyat qandayligini hamma yaxshi biladi. Yaqinda «Nasaf» 1 milliard so‘mga Eldor Suyunov va Sherzod A’zamovni «Paxtakor»ga sotganini eshitdik. Bu yangilik shu qadar ochiq ediki, hatto biroz g‘alati ham ko‘rindi.

Ayniqsa, qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevning ushbu ma’lumotni tasdiqlashi yanada notabiiy bo‘ldi. Chunki hozirga qadar shu kabi ma’lumotlar o‘ta maxfiy sanalardi. Bo‘larkan-ku!

TAKLIF

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol federasiyasi katta o‘zgarishlarga qo‘l urishni rejalashtirmoqda. Buni deyarli har bir maqolamizda takrorlab o‘tyapmiz. O‘FF bizdan tashabbus ko‘rsatishni ko‘p so‘raydi. Bajonidil, taklif bildirishdan osoni yo‘q.

Masalan, federasiyadan birinchi navbatda so‘ramoqchi bo‘lganimiz - o‘zbek futboliga shaffoflik olib kirilsin. Xuddi Eldor Suyunov va Sherzod A’zamovning qancha pul evaziga «Paxtakor»ga o‘tganini bilganimiz singari, har bir transfer va shartnomaning qiymati ham ommaga oshkor etib borilsin.

O‘zbek futboli rivojini istar ekanmiz, bu ishni amalga oshirish shart. Nega shartligini esa bir necha bo‘limda keltirib o‘tsak.

BIROVNING CHO‘NTAGIDAGI PUL

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:04, 18.10.2017.
O'qildi: 2645 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.