Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Prevyu. «Nasaf» - «Dinamo»

Prevyu. «Nasaf» - «Dinamo»

Baho:
+ | -

Shu haftaning 20-21 oktyabr kunlari mamlakatimiz futbol ishqibozlari oliy liganing qiziqarli uchrashuvlariga guvoh bo‘lishadi.

Jumladan, oliy liga 25-turi doirasidagi “Nasaf” - “Dinamo” uchrashuvi ham ana shunday uchrashuvlarning biridir.

O‘zPFL 25-tur

“Nasaf” (Qarshi) – “Dinamo” (Samarqand)

20.10.2017. “Markaziy” stadion. 18:00da

Bosh hakam: Viktor Serazetdinov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Andrey Sapenko (Toshk.vil.) Sultonmurod Ulfatov (Toshkent)

Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)

Nazoratchi: Sayfiddin Irmatov (Toshkent)

O‘zPFL vakili: Roman Chernikov.

Bu jamoalar o‘rtasidagi har bir uchrashuv qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo‘lgan. Shuningdek “Dinamo” jamoasi “Nasaf” uchun doimo noqulay raqib bo‘lib kelgan.

“Nasaf” mana yetti uchrashuvki, zafarli odimlarini davom ettirib kelmoqda. “Ajdarlar” chempionatdagi keyingi ketma-ket olti uchrashuvda g‘alabaga erishishdi. Bu uchrashuvlarda o‘z darvozasidan bironta to‘p o‘tkazib yuborishmadi. Bu bilan aytmoqchimizki, “Nasaf” futbolchilarining ayni paytdagi  kayfiyatlari a’lo darajada.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur klublar oliy ligada shu kungacha  37 bor kuch sinashishgan.  Natijalar jamoamizning ustunligini ko‘rsatmoqda. Bo‘lib o‘tgan 19 uchrashuvda “Nasaf”, 7 o‘yinda esa “Dinamo” g‘alabaga erishgan. 11 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan.

To‘plar nisbati 52:35ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Dinamo” 5:0, “Dinamo” – “Nasaf” 4:0.

Jamoamiz so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2017 yil 13 may kuni Samarqandda o‘tkazgan. Bu uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan. 2016 yilgi mavsumda “Dinamo” oliy ligada ishtirok etmagan.

Qarshidagi o‘zaro bahslarga oid

Ushbu jamoalar shu paytgacha Qarshida 18 bor kuch sinashishgan. Uchrashuvlarning 13tasida jamoamiz g‘alaba qozongan. Ikki uchrashuvda samarqandliklarning qo‘li baland kelgan. Qolgan uch uchrashuvda kuchlar teng kelgan.

Qarshidagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 46ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbatida ham ustunlik  “Nasaf” tomonida 31:15.

E’tiboringizga,  Qarshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.

19.06.2015. “Nasaf” – “Dinamo” 2:0
15.03.2014. “Nasaf” – “Dinamo” 1:0
20.06.2013. “Nasaf” – “Dinamo” 3:2
21.11.2012. “Nasaf” – “Dinamo” 2:1
30.07.2011. “Nasaf” – “Dinamo” 0:1

“Dinamo” so‘nggi bor 2011 yili Qarshidan uch ochko bilan qaytgan.

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

“Nasaf” hozirgacha yigirma to‘rt uchrashuv o‘tkazdi. Ularning o‘n beshtasida g‘alaba, ikki uchrashuvda durang va yetti uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. Ochkolari soni 47ta. Turnir jadvalining 2-pog‘onasini egallab turibdi.

“Dinamo” jamoasi yigirma to‘rt uchrashuvdan so‘ng 26 ochko bilan turnir jadvalining 12-pog‘onasida bormoqda. O‘tgan uchrashuvlarning oltitasida g‘alaba, sakkiztasida durang va o‘n uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan.

Mazkur jamoalar ana shunday ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro uchrashuvga yetib kelishdi.

Jamoalar to‘purarlari

“Ajdarlar” hozirgacha raqiblari darvozasini 44 marta ishg‘ol qilgan. Shulardan bittasini  avtogol tashkil qiladi. Jamoamiz to‘purarlar ro‘yxatida Dragan Cheran karvonboshilik qilmoqda. Bu hujumchimiz shu paytgacha raqiblar darvozasiga 13ta gol kiritgan.

“Dinamo” jamoasining futbolchilari bu yilgi chempionatda raqiblari darvozasiga jami 19ta gol kiritishdi. Shulardan bittasini  avtogol tashkil qiladi. Ayni paytda jamoa to‘purarlar ro‘yxatini Amirjon Safarov boshqarib bormoqda. Bu futbolchi hisobidagi gollar soni - 4ta.

Uchrashuv hakamlari haqida

“Nasaf” – “Dinamo” uchrashuvini FIFA hakami Viktor Serazetdinov boshqaradigan bo‘ldi. Qanotlarda unga Andrey Sapenko va Sultonmurod Ulfatovlar yordam berishadi.

Uchrashuvda zaxira hakami sifatida Elyor Tursunov ishlaydi. Uchrashuvdagi hakamlar ishini Sayfiddin Irmatov nazorat qiladi.

Ushbu uchrashuvga PFL vakili sifatida Roman Chernikov tashrif buyuradi.

Viktor Serazetdinov bu yilgi mavsumda jamoamiz ishtirokidagi ikkita uchrashuvni boshqargan. Ya’ni, bitta kubok bahsi va bitta chempionat uchrashuvi. Bu uchrashvlarning bittasida durang va bir uchrashuvda g‘alaba qozongan.

O‘rinbosarlar haqida

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv 19 oktyabr kuni Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlarimiz qarorgohi maydonida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 15:30da boshlanadi.

Yoshlarimiz mana 10 uchrashuvki maydonni mag‘lubiyatsiz tark etishmoqda. Ular 24 uchrashuvdan so‘ng 38 ochko to‘plashib, turnir jadvalining 6-pog‘onasida borishmoqda.

“Dinamo” yoshlari esa 24 uchrashuvdan so‘ng 18 ochko bilan 15-o‘rinni egallab turishibdi.

“Nasaf” – “Dinamo” uchrashuviga marhamat qiling, aziz futbol ishqibozlari!

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 15:17, 18.10.2017.
O'qildi: 2414 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.