Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi KXDRga yutqazdi

O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi KXDRga yutqazdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-19 ayollar termasi Xitoyning Nankin shahrida davom etayotgan U-19 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati 2-turida KXDR terma jamoasiga 0:2 hisobida yutqazdi.

Ayni kunlarda Xitoyning Nankin shahrida U-19 ayollar o‘rtasida Osiyo chempionati uchrashuvlari davom etmoqda. Musobaqaning “A” guruhida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi 2-tur bahsida KXDR ayollar termasiga qarshi maydonga tushdi va 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Guruhning yana bir uchrashuvida Xitoy termasi Tailandni xuddi shunday hisobda mag‘lub etdi va ochkolari sonini xuddi KXDR kabi 6taga yetkazdi.

Ma’lumot uchun, guruh bosqichi ilk turida O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan va 0:2 hisobida yutqazgan edi. Bahrom Norsafarov jamoasi so‘nggi turda 21 oktyabr kuni Tailand terma jamosiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

U-19 qizlar o‘rtasida Osiyo Chempionati, 2-tur
Nankin, Xitoy.
KXDR – O‘zbekiston 2:0

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 20:07, 18.10.2017.
O'qildi: 2781 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик