Moskvaning “Spartak” klubi yarim himoyachisi Aleksandr Samedov kecha “Sevilya”ga qarshi uchrashuv (5:1) da jarohat oldi.
Russia Today nashrining xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi uch hafta futbol o‘ynay olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Samedov “Sevilya”ga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq jarohat sabab o‘zgartirildi.