Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Buxoro» – «Paxtakor» o‘yinidan oldin qiziqarli ma’lumotlar

«Buxoro» – «Paxtakor» o‘yinidan oldin qiziqarli ma’lumotlar

Baho:
+ | -

Xabaringiz bo‘lsa kerak, 21 oktyabr, shanba kuni oliy liganing 25-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Paxtakor” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yindan oldin quyida e’tiboringizga qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Mazkur bahsni turning markaziy o‘yini desak xato bo‘lmaydi. Chunki Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari o‘z muxlislari qarshisida faqat va faqat g‘alaba uchun maydonga chiqishi turgan gap. Tabiiyki “sherlar” ham safardan imkon qadar ochko bilan qaytish uchun borini beradi.

Toshkentning “Paxtakor” jamoasini muxlislarga ortiqcha tanishtirib o‘tishning xojati bo‘lmasa kerak. Oliy liganing doimiy ishtirokchilaridan biri bo‘lgan “Paxtakor” O‘zbekistonning 11 karra chempioni hisoblanadi. Shuningdek, jamoa O‘zbekiston Kubogini ham 11 marotaba qo‘lga kiritgan. “Sherlar” 2000 yilgi chempionatda eng past natijasini qayd etgan 7-o‘rin.

Muxlislarga yaxshi ma’lumki, ayni damda ushbu jamoani Shota Arveladze boshqarib kelmoqda. “Paxtakor” joriy yilgi chempionat o‘yinlarida hozirgacha 44 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. 2-o‘rindagi “Nasaf” hisobida esa 47 ochko mavjud. Bundan ko‘rinib turibdiki, toshkentliklar kumush medallarini qo‘lga kiritish uchun oxirigacha kurashadi. Lekin bu yo‘lda ularga oson bo‘lmasligi aniq. Sababi “sherlar”ni  oldinda “Bunyodkor” va “Nasaf”ga qarshi muhim o‘yinlar kutib turibdi.  Ma’lumot uchun Shota Arveladze shogirdlari chempionatning o‘tgan turida o‘z uyida “Qo‘qon-1912”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. “Buxoro” esa “Sho‘rtan” maydonidan muhim uch ochko bilan qaytdi.   

“Paxtakor” to‘purari Igor Sergeev bo‘lib turibdi. 24 yoshli hujumchining aktividagi gollari soni 10tani tashkil etmoqda. Xuddi shuningdek “Buxoro” hujumchisi Ivan Nagayev ham hozirgacha raqiblar darvozasiga 10ta to‘p kiritgan.

“Buxoro” va “Paxtakor” jamoalari shu kunga qadar o‘zaro 49 marotaba to‘qnash kelgan. Bu borada yaqqol ustunlik toshkentliklar tomonida ekanligini ko‘rish mumkin. Sababi “sherlar” 34ta o‘yinda muvaffaqiyat qozongan bo‘lsa, “Buxoro” jamoasi 6 uchrashuvda g‘alaba qozongan. Qolgan 9ta bahsda tomonlar o‘zaro durangga imzo chekkan. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, “Buxoro” o‘zaro o‘yinlarda jami 27 ochko to‘plagan. “Paxtakor” hisobida esa 111 ochko mavjud.

To‘plar nisbati esa 34-105 ni ko‘rsatmoqda. Buxoroliklarning “Paxtakor” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 2:0. Aksincha “Paxtakor”da bu borada ko‘rsatkich – 8:0 ekanligini ko‘rish mumkin.

O‘ZARO O‘YINLAR TARIXIGA NAZAR
30.05.1992 yil
“Paxtakor” – “Nurashfon” 1:0
26.08.1992 yil
“Nurafshon” – “Paxtakor” 2:0
08.06.1993 yil
“Nurafshon” – “Paxtakor” 0:0
26.08.1993 yil
“Paxtakor” – “Nurafshon” 2:0
03.07.1994 yil
“Nurafshon” – “Paxtakor” 3:3
07.09.1994 yil
“Paxtakor” – “Nurafshon” 3:2
27.05.1995 yil
“Paxtakor” – “Nurafshon” 1:1
09.09.1995 yil
“Nurafshon” – “Paxtakor” 0:3
27.05.1996 yil
“Paxtakor” – “Nurafshon” 0:1
30.09.1996 yil
“Nurafshon” – “Paxtakor” 0:0
08.07.1997 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 1:0
16.08.1997 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 3:0
21.06.1998 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 1:2
14.08.1998 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 5:2
23.05.1999 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 2:1
26.10.1999 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 0:2
14.06.2000 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 4:3
03.08.2000 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 3:2
27.07.2001 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 2:1
17.11.2001 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 3:2
13.04.2002 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 0:5
02.11.2002 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 2:0
02.04.2003 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 2:3
07.10.2003 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 1:0
15.03.2004 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 0:3
05.11.2004 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 4:0
11.04.2005 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 0:8
02.11.2005 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 3:0
11.06.2006 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 0:2
05.08.2006 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 2:0
30.04.2007 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 0:1
21.10.2007 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 5:1
26.06.2008 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 0:2
18.09.2008 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 3:0
01.03.2009 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 3:0
09.11.2009 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 1:1
14.04.2011 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 1:0
24.09.2011 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 0:0
15.03.2012 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 0:1
21.11.2012 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 4:1
04.07.2013 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 1:0
04.08.2013 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 2:1
15.05.2014 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 0:0
29.10.2014 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 4:0
03.04.2015 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 3:1
16.08.2015 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 0:2
01.04.2016 yil
“Buxoro” – “Paxtakor” 0:0
13.08.2016 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 1:1
12.05.2017 yil
“Paxtakor” – “Buxoro” 2:1

21 oktyabr, shanba. 25-tur.
“Buxoro” (Buxoro) – “Paxtakor” (Toshkent)
Bosh hakam: Sherzod Qosimov (Toshkent).
Qanot hakamlari: Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po‘latov (Toshkent).
Zaxira hakami: Isoq Ibragimov (Nukus).
Nazoratchi: Radik Serazetdinov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: Sherzod Rajabov.

“Buxoro” matbuot xizmati.

Manba: pfcbuxoro.com
Kiritildi: 06:58, 19.10.2017.
O'qildi: 3827 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.