«Barselona» klubi «Tottenxem»ning birdaniga ikki nafar futbolchisiga qiziqish bildirmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, "ko‘k-anorranglilar" Kristian Eriksen va Xarri Keynni qo‘lga kiritishni maqsad qilishmoqda.
"Barsa" sport direktori Robert Fernandes «Real» va «Tottenxem» o‘rtasidagi o‘yinga (1:1) tashrif buyurib, ushbu futbolchilarning harakatlarini kuzatdi.
«Barselona» Eriksen va Keynni qishki transfer paytida sotib olishni rejalashtirmoqda.