Transfer huquqlari «Liverpul» klubiga tegishli bo‘lgan niderlandiyalik yarim himoyachi Rayan Gravenberx APLni tark etishi mumkin. Xavbekda faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirish varianti paydo bo‘ldi.
«Fichajes» jurnalistlarining bergan ma’lumotiga ko‘ra, Madridning «Real» klubi futbolchi transferiga qiziqish bildirmoqda. «Qaymoqranglilar» Gravenberx nomzodini keyingi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish chorasi sifatida ko‘rib chiqishyapti.
Niderlandiyalik futbolchining transfer bozoridagi bahosi 80 million yevroni tashkil etadi. Uning «qizillar» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. APLning yakunlangan mavsumida Gravenberx 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













