Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 15:00 Adelaida Yun. 3-0 Tay Po
17/09 15:00 Lion Siti Seylors 1-1 Pathum Yunayted
17/09 15:00 Matida Zelviya 2-0 Svay Rieng
17/09 17:15 Shanghai Shenhua 2-1 Tampines Rovers
17/09 17:15 Kitchi 0-0 Kangvon
17/09 17:15 Pnompen Kraun 2-1 Kuching Siti
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

Umid Ahmadjonov FIFA taklifiga ko‘ra Angliyaga jo‘nab ketdi

Umid Ahmadjonov FIFA taklifiga ko‘ra Angliyaga jo‘nab ketdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov va Ijroiya qo‘mitasining a’zosi Bobur Shodiyev FIFA prezidenti Janni Infantinoning taklifiga ko‘ra rasmiy tashrif bilan Angliyaga uchib ketdi.

23 oktyabr kuni Londonda FIFAning yil yakunlariga bag‘ishlangan an’anaviy gala-oqshomi bo‘lib o‘tadi. “The Best FIFA Football Awards 2017” deb nomlangan ushbu tantanali kechada O‘FF delegasiyasi ham ishtirok etadi.

Mazkur tadbir arafasida Umid Ahmadjonov va Bobur Shodiyev dunyoning bir qator futbol federasiyalarining rahbarlari va delegasiyasi a’zolari bilan uchrashib, o‘zaro fikr almashishni rejalashtirgan. Shu jumladan, Angliya Futbol Uyushmasining prezidenti Greg Klark bilan ham uchrashuv tashrif dasturidan o‘rin olgan.

FIFAnnig yil yakunlariga bag‘ishlangan tantanasida sayyoramizning eng yaxshi futbolchilari va murabbiylariga futbol olamining dunyo miqyosidagi eng nufuzli sovrinlari topshiriladi. “The Best FIFA Football Awards” deb nomlangan mazkur tadbir 2016 yilda sobiq “Ballon d’OR” (“Oltin to‘p”) mukofotining o‘rniga ta’sis qilingan edi.

Bu yilgi tadbir Londonning muhtasham “Palladium” teatrida bo‘lib o‘tadi. Tadbirni dunyoga mashhur boshlovchilar Idris Elba va Laylo-Anna Lilar olib boradi. Sobiq va bugungi kun futbolchilari – Roberto Di Matteo, Jey-jey Okocha, Aleks Skott, Andrey Shevchenko va Piter Shilton kabi yulduzlar tadbirning elchilari sifatida ishtirok etadilar.

Dushanba oqshomida bo‘lib o‘tadigan ushbu tantanadagi dunyoning eng yaxshi erkak futbolchisi va ayol futbolchisi, shuningdek, eng yaxshi erkaklar jamoasining murabbiyi, eng yaxshi ayollar jamoasining murabbiyi kabi nominasiyalarda g‘oliblar taqdirlanadi. G‘oliblar FIFAga a’zo mamlakatlarning murabbiylari, futbolchilari va ommaviy axborot vositalari vakillarining ovozlari asosida aniqlanadi. Aynan shu to‘rt mukofot kechaning bosh mukofotlari sanaladi.

Umuman olganda esa FIFA gala-oqshomida 8 ta nominasiyada g‘olib taqdirlanib, 11 kishidan iborat dunyoning ramziy terma jamoasi ham aniqlanadi.

FIFAning “The Best Football Awards 2017” marosimi FIFA rasmiy sayti va FIFAning “Youtube”dagi rasmiy kanali orqali namoyish etiladi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:29, 21.10.2017.
O'qildi: 8011 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик