Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

OFK vakili Bekobod stadioniga bordi

OFK vakili Bekobod stadioniga bordi

Baho:
+ | -

21 oktyabr sanasi kunning ikkinchi yarmida Osiyo Futbol Konfederasiyasining strategik rejalashtirish, marketing va infratuzilma masalalari bo‘yicha yo‘riqchisi Elnur Mamedov  O‘FF marketing bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Mametov hamrohligida Bekobod shahriga tashrif buyurdi.

Rasmiy mehmonlarni "Metallurg" stadionida "Metallurg" PFK hamda "Metallurg" stadioni rahbariyati kutib olishdi.

Mehmonlar tashrif davomida "Metallurg" stadioni yashil maydoni bilan va infratuzulmasi bilan yaqindan tanishishdi.  OFK vakili Elnur Mamedov stadionning chimini ko‘zdan kechirar ekan stadion rahbariyatiga qoplama borasida o‘z fikr mulohazalari, qimmatli maslahatlarini berdi.

Shundan so‘ng "Metallurg" arenasida yaratilgan barcha shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi. Jamoalar kiyinish xonalari, dush, tibbiy markazlar, sport zallari, martabali mehmonlar uchun ajratilgan maxsus joylar shuningdek  media markazdagi sharoitlarni o‘rganishdi.

Stadion qoshida barpo etilgan shaxmat, taekvando to‘garaklarini ko‘zdan kechirdi, ayniqsa Bekobod shahri futbol tarixi muzeyi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Muzeydagi barcha eksponatlarni ko‘zdan kechirar ekan, nufuzli mehmon o‘zining samimiy dil izhorlarini yozib qoldirdi. 

Tashrif yakunida,  "Metallurg" klubi rahbarlari, matbuot va marketing bo‘limi hamda stadion xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkillashtirildi. Unda Elnur Mamedov klub marketing ishlarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish borasida kerakli maslahat va tavsiyalarini berdi.

"Metallurg" matbuot xizmati

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 23:52, 21.10.2017.
O'qildi: 2584 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.