Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Lima kelishuvi Falkao peruliklar bilan nima haqda shartlashgan?

Lima kelishuvi Falkao peruliklar bilan nima haqda shartlashgan?

Baho:
+ | -

Janubiy Amerika hududidagi JCH-2018 saralashining so‘nggi turi futbol ommasiga kutilmagan xabarlar oqimini taqdim etdi. Peru - Kolumbiya o‘yini natijasini bekor qilishlari mumkinmi?

Chililiklar FIFAning munosib reaksiyasini kutishga nechog‘li haqlilar? Yakunda JCH-2018da KONBEMOL nomidan ishtirok etadigan jamoalar tarkibi o‘zgaradami? «SE» maqolasi shu haqda.

O‘ZI NIMA BO‘LDI?

Janubiy Amerikadagi saralash bosqichining oxirgi turida Peru va Kolumbiya terma jamoalari Limada o‘zaro to‘qnash keldi va o‘yin 1:1 hisobida tugadi.

Bu natija har ikki tomonni qoniqtirdi - peruliklar «pley-off» bosqichiga chiqishdi, kolumbiyaliklar esa Rossiya mundiali yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Hakamning final hushtagi yangrashi bilan har ikki jamoa zaxira o‘rindig‘i atrofida o‘yin-kulgu boshlandi. Ushbu durangdan so‘ng bungacha 3-o‘rinni egallab turgan Chili termasi birdaniga 6-pog‘onaga surildi va JCH chiptasini olish tugul, «pley-off»da kurashni davom ettirish huquqidan ham mahrum bo‘ldi.

Limadagi o‘yinga qaytsak, Radamel Falkaoning o‘zini g‘alati tutgani barchaning e’tiborini tortdi. Kolumbiyalik hujumchi uchrashuv tugashiga chamasi 5-6 daqiqa qolganida, jamoa bosh murabbiyi Xos Nestor Pekermandan qandaydir ko‘rsatmalar oldi va darrov perulik himoyachilarga qarab, nimalarnidir pichirladi.

Xususan, raqib sardori Paolo Gerrero bilan qisqacha muloqotda bo‘ldi. U o‘z navbatida, avvaliga murabbiyiga yuzlandi, keyin mezbonlar qolgan vaqt davomida to‘pni bir-birlariga ohista uzatish bilan shug‘ullanishdi. Ya’ni ular so‘nggi daqiqalarda maydonning ikkinchi yarmiga o‘tishmadi, hisob.

Tabiiyki, voqealarning bunday tus olgani darhol kelishilgan o‘yin haqida shubha uyg‘otdi. Boz ustiga, futbolchilar o‘sha muloqotda aynan yakuniy natijani muhokama qilishganini yashirishmadi.

«Boshqa uchrashuvlarda nima bo‘layotgani, jadvaldagi raqiblarimiz qanday o‘ynayotganlaridan xabardor edik. Hammasi shunday yakunlansa va biz 1:1 natijasida to‘xtasak, jamoalarimiz guruhdan chiqardi.

Xullas, peruliklarga shu haqda gapirdim», - deya tan oldi Falkao The Telegraph nashri muxbiri bilan suhbatda. «O‘yinni ikki tomonni ham qoniqtiradigan holatda yakunladik.

Ha, Radamel 1:1 hisobi ikki jamoani ham guruhdan olib chiqishi haqida gapirdi. Saralash bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tganimizdan xursandmiz» - bunisi endi perulik Renato Tapiya tomonidan Panamericana TVda aytilgan «iqrornoma».

REGLAMENT NIMA DEYDI?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:26, 22.10.2017.
O'qildi: 4322 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.