Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Teskari aylangan charxpalak yohud Baba Sulening hayot yo‘li

Teskari aylangan charxpalak yohud Baba Sulening hayot yo‘li

Baho:
+ | -

Kumasi - odamlar bilan gavjum, ko‘chalari chang va havosi dim shahar. Ganada aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi bu hudud badavlat hisoblanadi: u yerda oltin konlari bor, eksportning asosiy qismi esa kakao ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Baba Sulening bolaligi aynan shu shaharda o‘tgan. U quyosh botganidan keyin ham to‘p tepishdan charchamasdi.

Barcha o‘smir futbolchilarning muammosi hamma yerda bir xil: otasi o‘g‘lining vaqtini futbolga sarflamay, o‘qib, biror kasb egasi bo‘lishini xohlardi. Ammo Baba Sule ota-onasining bosimiga dosh berdi. Oilada jami 14 farzand bo‘lib, ulardan uch nafari professional futbol bilan shug‘ullanishdi. Ko‘p o‘tmay qahramonimizning nisbatan iqtidorliroq ekani oydinlashdi: u o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida Braziliya termasi darvozasini ishg‘ol qilib, g‘oliblik nashidasini surdi.

***

Keyinchalik Baba Suleni «Malyorka» o‘z safiga qo‘shib olgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay «Real» tarkibiga ko‘chdi. Yosh yarim himoyachiga Klod Makelelening vorisi sifatida qaraldi - serg‘ayrat, tirishqoq, to‘pni olib qo‘yishda faol, butun maydon bo‘ylab nazoratni o‘z qo‘liga oladigan iste’dod sohibi.

Baba Sule uzoq muddat «shok» holatidan chiqib ketolmadi: «Santyago Bernabeu»ga kelib, shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgach, ikkinchi jamoa safiga qo‘shildi va tez orada «Leganes»ga ijaraga berildi. Ammo unga «Real» yoshlari safida debyutini nishonlash nasib qilmadi: jarohatlar pand berdi.

«Malyorka»da Baba Sule gepatit xastaligiga chalindi. So‘ngra «Orense»da (ushbu klub 2014 yili bankrotga uchragani tufayli faoliyatini tugatgan) ganalik futbolchining tirsagi sindi.

Ijara asosida «Leganes»ga kelganida, Baba Sulening mushaklari shikastlandi. Endigina tiklanib, maydonga qaytganida ilk uchrashuvdayoq tizzalari jiddiy lat yedi. «Futbol shunaqa, uning ikki tomoni bor. Jarohatlar hayotimni o‘zgartirib yubordi», - deydi qahramonimiz. Tinimsiz operasiyalardan so‘ng uning oyog‘ida ko‘plab chandiqlar qoldi.

Faoliyati faqat pastga «sho‘ng‘idi»: Kataloniyaning «Lerida»si, Kas­tilyaning «Tomelyoso»si, Kanarning «San-Isidro»si. Uchinchi divizion jamoalaridagi ishtirokdan ko‘ngil to‘larmidi?!

***

- Yigitcha, ortimdan qaytar: «I~ll be the best goalkeeper in the world!». Ishonaver, hammasi xuddi men aytgandek bo‘ladi. Faqat yodda tut: agar ko‘proq yutuqlarga erishishni xohlasang, maksimal darajada jiddiy bo‘lishing lozim. Shuningdek, faxriylarni hurmat qilishni o‘rgan.

Sentyabrning iliq shamoli avtomobilning ochiq oynalaridan kirib turardi. Baba Sule kamtar yigitchani Ilyeskasdagi uyidan Madridga - «Atletiko»ning kanterasi mashg‘ulot o‘tkazadigan joyga olib ketayotgandi. Ular yarim soatdan ko‘proq yo‘l yurishdi. Ganalik yo‘l-yo‘lakay hamrohiga inglizchani o‘rgatdi.

Bu yigitcha David De Xea bo‘lib, o‘sha kezlari hali haydovchilik guvohnomasi olmagandi. Bunga qadar kelajagi porloq kiperni ota-onasi tashirdi, so‘ngra «Atletiko» ishonchli, futbolga aloqador haydovchi topdi - Madridning «Rayo Maxadaonda» klubi yarim himoyachisi Baba Sule.

- U juda tortinchoq edi, ammo o‘zaro til topisha oldik. Safar chog‘i unga ingliz tilidagi ayrim so‘zlarni o‘rgatardim. De Xea va uning oilasi davrasida vaqtim chog‘ o‘tardi. Biz hamon gaplashib turamiz, yaqinda Davidning onasi bilan chatda suhbatlashdim. De Xeaning har galgi qo‘ng‘iroq qilishi esa meni hayajonga soladi, - deydi Baba Sule.

David «Manchester Yunayted»ga o‘tganida, birinchi bo‘lib ganalik tanishiga qo‘ng‘iroq qilgandi. O‘shanda qahramonimiz mobil telefoni ekranida Britaniya raqamini ko‘rib hayron qolgandi.

- Salom, do‘stim! Men De Xeaman! Hammasi uchun rahmat!

***

- Topgan pulimni oila a’zolarimga jo‘natardim, - deydi Baba Sule. Aynan shu sabab ganalik futbolchi qo‘shimcha ish bilan shug‘ullanardi. Haydovchilikdan tashqari, DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:32, 22.10.2017.
O'qildi: 1980 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.