Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

O‘zbekiston U-19 termasining BAA yoshlariga qarshi o‘yinlari «Bunyodkor» stadionida o‘tkaziladi

O‘zbekiston U-19 termasining BAA yoshlariga qarshi o‘yinlari «Bunyodkor» stadionida o‘tkaziladi

Baho:
+-1 | -

Avval xabar berilganidek, Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida 21–31 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazmoqda.

Yig‘in doirasida O‘zbekiston yoshlar termasi 23 va 25 oktyabr kunlari BAA U-19 termasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.  Ertaga bo‘lib o‘tadigan o‘yin “Bunyodkor” stadionida soat 16:00 da boshlanadi.

Mazkur uchrashuvni bevosita stadiondan tomosha qilishni istagan muxlislar chiptalarni “Bunyodkor” stadioni kassalaridan xarid qilishlari mumkin. Chiptalar narxi oddiy sektorlar uchun 10 000 so‘m, CIP sektorlari uchun 25 000 so‘m qilib belgilangan. OAV vakillari O‘zPFL akkreditasiyasi bilan o‘rtoqlik o‘yiniga kiritiladi. 

25 oktyabr kuni 16:00 da boshlanadigan bellashuvga muxlislar bepul kirishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu o‘yinni stadiondan yoritmoqchi bo‘lgan OAV vakillari xuddi dastlabki uchrashuv singari O‘zPFL akkreditasiyasi bilan kirishadi.  

Ma’lumot uchun, shu yilning 30 oktyabr – 8 noyabr kunlari U-19 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkaziladi. “B” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi OCH yo‘llanmasi uchun mezbon Tojikiston, Shri-Lanka, Bangladesh va Maldiv orollari bilan kuch sinashadi. BAA U-19 termasi esa “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, OCH chiptasi yo‘lida mezbon Qirg‘iziston, Bahrayn, Ummon va Nepalga qarshi bahs yuritadi.

 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 09:46, 23.10.2017.
O'qildi: 2512 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.