Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

«Obod»ning bunday taqdirida kim aybdor?

«Obod»ning bunday taqdirida kim aybdor?

Baho:
+ | -

«Obod» - oxirgi vaqtlarda eng ko‘p tilga olingan klub bo‘lib turibdi. Chunki butun boshli jamoaning oliy ligadan chetlatilganini har doim ham ko‘ravermaymiz.

O‘FF va PFL rasmiy saytida tarqatilgan xabarlarga qaraganda, «Obod» yil boshidan buyon badal pulini to‘lamay kelgan va anchagina qarz bo‘lib qolgan. Ammo klubning ishtirokini to‘xtatishiga sabab faqat shu emas.

Ma’lumotlarga qaraganda, xalqaro notijorat kompaniyasi tomonidan «Obod»ning ikki o‘yini shubha ostiga olingani ham muhim o‘rin tutgan. Aniqrog‘i, gap toshkentliklarning «So‘g‘diyona» va «Nasaf»ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvlari haqida ketmoqda.

TEKSHIRUV

Maqolaning asosiy mavzusiga o‘tishdan oldin shuni ta’kidlashni istardik - «Obod»ning o‘sha shubhali uchrashuvlarini yaxshilab tekshirish bu yog‘iga ahamiyati o‘ta yuqori masalalar qatorida tilga olinadi.

Kelishilgan o‘yinlar haqida turli gap-so‘zlar urchiganiga ancha bo‘lgan, ammo shu vaqtgacha na bir ish oxiriga yetkazildi va na kimdir tayinli bayonot berdi.

Endi davr o‘zgardi, O‘FFda katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Istardikki, O‘zbekiston futbol federasiyasi «Obod»ning «So‘g‘diyona» va «Nasaf»ga qarshi o‘tkazgan o‘sha o‘yinlarini obdon o‘rganib chiqib, bu borada bayonot bersa, yaxshi bo‘lardi.

OLTI OYLIK TARIX

Endi bevosita «Obod» bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalsak. Klubning oxirgi olti oylik tarixidan butun boshli film ishlasa bo‘ladi. Yaqindagina tarqalib ketish arafasida turgan jamoani oxirgi pallada xorijlik sarmoyadorlar «qutqarib» qolishdi.

Bunaqasi faqat Gollivud dramalarida uchrasa kerak. Biz «Obod»ning bu taxlit omadi kelganidan dastlab rosa quvongandik. Ammo umidlar puchga chiqishi uchun ko‘p vaqt kerak bo‘lmadi.

Aslida «Obod»ning muammolari mavsum avvalidayoq boshlangan, klubning sobiq rahbari ta’minotni birinchi davrada to‘xtatgandi. Shunga qaramay, Rauf Inileev boshchiligidagi futbolchilar oliy ligadagi ishtirokni davom ettirishdi.

Hattoki, ular safar xarajatlarini o‘z hisoblaridan qoplashdi. Jamoa a’zolarida faqat bir ilinj bor edi - iqtidorni isbotlab, boshqa klubga o‘tish.

«Obod»ning elitada «jon» saqlab qolishi mumkinligiga esa deyarli hech kim ishonmay qo‘ygandi. Klub mana shunday og‘ir sharoitda 9 ochko ishladi. O‘sha ochkolarning «yangi xo‘jayinlar» davrida o‘zgarishsiz qolishini kim o‘ylabdi deysiz?

UKRAINALIKLAR

Yozning oxirgi kunlarida «Obod»-ni ukrainalik sarmoyadorlar qabul qilib olgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ammo yaqinda boshlangan mashmashalardan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, xorijliklar klub boshqaruvini qo‘lga olishga ulgurishmagan ekan. U holda bosh murabbiy va futbolchilar maoshini kim to‘layotgandi?

U yog‘ini so‘rasangiz, klub «xaloskorlari»ning Ukrainadan ekanligi avval-boshdanoq shubhali ko‘ringandi.

Chunki «Obod»ga o‘xshagan «bechoralar» Ukraina chempionatining o‘zida ham istagancha topiladi. Masalan, hamyurtimiz Sanjar Tursunov «Volin»da maoshini oxirigacha olmagani haqida xabarlar tarqalgan.

Maksim Shaskix esa qolib ketgan mehnat haqi bo‘yicha hozirgacha sobiq klublari bilan sudlashadi. Shunday ekan, o‘sha ukrainalik «hotamtoylar» yordamlarini o‘z klublariga taklif qilishsa bo‘lmasmidi?

SIR

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:53, 24.10.2017.
O'qildi: 3724 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.