Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

«Qo‘qon-1912» o‘rinbosarlari «Lokomotiv»ga mag‘lub bo‘ldi

«Qo‘qon-1912» o‘rinbosarlari «Lokomotiv»ga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Bugun o‘rinbosarlarimiz Yoshlar ligasi 26-tur uchrashuvida maydonga tushishdi. Toshkentda “Loko” o‘rinbosarlariga qarshi kechgan bahsda vakillarimiz alamli mag‘lubiyatga uchrashdi. 

3-daqiqada dastlabki xavfli vaziyatni mezbonlar tomonidan yuzaga keltirildi. Yaxshiyam so‘nggi zarba noaniq bo‘ldi.

13-daqiqada futbolchilarimizdan omad yuz o‘girdi. Oybek Rustamovning kuchli zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi.

22-daqiqada futbolchilarimiz chiroyli kombinasiya uyushtirishgan edi, so‘nggi pallada himoyachi aniqroq o‘ynadi.

Birinchi bo‘limda vakillarimiz katta ustunlikka ega bo‘lishlariga qaramay, raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi.

Ikkinchi taymni futbolchilarimiz faol tarzda boshlashdi. Ketma-ket yuzaga kelgan hujumlarimiz samarasiz yakunlandi.

79-daqiqada o‘rinbosarlarimiz hisobni ochishga juda yaqin kelishdi. Raqib futbolchisi Doston Meliqo‘ziyevni o‘z jarima maydonchasi ichida chaliyu yiqitdi. Bosh hakam penalti belgiladi.

Oybek Rustamovning penaltidan tepgan to‘pni darvozabon ushlab oldi. Afsuski so‘nggi daqiqalar biz uchun muvafaqqiyatsiz keldi. Aniqrog‘i, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda gol o‘tkazib yubordik. Amonov maydon egalariga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Yoshlar ligasi
26-tur
"Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" - 1:0 (0:0)
Gol: Amonov (90+4)
"Lokomotiv": 25. S. Karimov, 9. B. Tillaboyev, 10. B. Abdullayev, 21. I. Bikmaykin , 22. U. Abdullayev, 24. A. Amonov, 28. U. Adxamzoda, 37. O. Blessing, 44. S. Proxorov, 80. F. Ibroximov, 99. B. Ergashev
Zaxira: 1. V. Vagin, 11. YE. Tanayev, 17. SH. Xasanov, 18. R. Hamroyev, 20. O. Muxammedov, 29. A. Odilov, 77. SH. Mo‘minqulov
"Qo‘qon-1912": 13. Nikita Ribkin, 6. Dilshod Baratov, 7. Oybek Rustamov, 10. Abror Raxmonov, 15. Ibrohim Ahmadjonov, 19. Doston Meliqo‘ziyev, 20. Mo‘min Sodiqjonov, 25. Ismoil Oxunjonov, 29. Iqbol Malikjonov, 90. Xushnud Avilov, 99. Andrey Sidirov
Zaxira: 30. Islom Abdullayev, 9. Ramz Isoqov, 31. Shukur Mo‘minov, 33. Ibrohim Muxtorov, 55. Doniyor Erkaboyev, 70. Dadahon Sulaymonov, 75. Ma’mur Rahimov.

Manba: fckokand1912.uz
Kiritildi: 19:28, 24.10.2017.
O'qildi: 2156 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик