Angliyaning "Everton" jamoasi sobiq ustozi Ronald Kuman faoliyatini Gollandiya terma jamoasida davom ettirmoqchi.
Voetbal nashri xabariga ko‘ra, Kuman "Everton" ketgan taqdirda Gollandiyada ishlashni niyat qilib bo‘lgandi.
"Men bu haqda juda ko‘p o‘yladim, biroq klubdagi ishlar bilan band bo‘ldim. Endigi maqsadim Gollandiya terma jamoasini boshqarish. Bu menga yangicha tajriba beradi", - deydi Kuman.