Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Nasaf» yoshlari derbida g‘alabaga erishdi

«Nasaf» yoshlari derbida g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Bugun Muborakda futbol ishqibozlari qiziqarli uchrashuvga guvoh bo‘lishdi. Uchrashuvdagi kiritilgan uchala gol ham 11 metrlik jarimalardan kiritildi.

Kichik voha derbisida yoshlarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. Har ikkala jamoa imkon bo‘lgandan hujumlarga zo‘r berishdi. Ammo bu hujumlar samarasiz yakunlanaverdi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Sardor Sa’dullayev chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va uni mezbonlar himoyachisi yiqitdi. Uchrashuv hakami ikkilanmasdan 11 metrlik jarima nuqtasini ko‘rsatdi. Penaltini Sharof Muhitdinov aniq amalga oshirdi va jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi – 0:1.

Jamoalar shu hisob bilan tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin juda shiddatli tus oldi. To‘p uchun kurash ham keskin bo‘ldi. To‘xtalishlar ham ko‘p bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda uchrashuv hakami ham cho‘ntagidan kartochkalarini tez-tez chiqarishga majbur bo‘ldi. O‘yindagi eng qiziq voqealar oxirgi daqiqalarda sodir bo‘ldi. 82-daqiqada G‘olib G‘aybullayev mezbonlar o‘yinchisiga nisbatan, jarima maydonchamizda o‘yin qoidasini bo‘zgani uchun hakam tomonidan ikkinchi marta ogohlantirilib, maydondan chetlatildi. Bunda hakam darvozamizga 11 metrlik jarima to‘pi ham belgiladi. Penaltini Siroj Meliyev aniq amalga oshirib, oradagi hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Bu hisob bugungi o‘yinga mosdek edi. Chunki yoshlarimiz ham, mezbonlar ham g‘alaba uchun astoydil ter to‘kishdi. Stadionga tashrif buyurgan muxlislar ular ijrosidagi ajoyib o‘yin guvohi ham bo‘lishdi.

Ammo uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalar nihoyasiga yetib borayotgan bir paytda, “Mash’al” jamoasi o‘yinchisining qo‘polligi ular uchun qimmatga tushdi. Hakam  mezbonlar darvozasiga yana bir penalti belgiladi. Jarima to‘pini yana Sharof Muhitdinov aniq bajarib, jamoamizning g‘alabasini ta’minladi – 1:2. Bu paytda uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalar ham nihoyasiga yetgan edi.

Shunday qilib, yoshlarimiz kichik voha derbisida g‘alaba qozonishdi va o‘z hisoblariga uch ochkoni yozdirib qo‘yishdi.

Yoshlarimiz bugungi g‘alabadan so‘ng turnir jadvalining 5-pog‘onasiga ko‘tarilib olishdi.

                                                                     

 

Yoshlar ligasi 26-tur

“Mash’al” (Muborak) – “Nasaf” (Qarshi) 1:2 (0:1)

25.10.2017. “B.Vafoyev” stadioni. 15:30

 

Hakamlar: Firdavs Norsafarov (Qarshi), Zufar Eliboyev (Qarshi), Elnur Doniyorov (Qarshi), Naim Qosimov (Qarshi).

Nazoratchi: Sardor Najafaliyev (Toshkent)

 

 

Gollar: Siroj Meliyev, pen.82’-1:1 – Sharof Muhitdinov, pen.45’-0:1, pen. 90+5’-1:2.

 

 

“Mash’al”: 30.Botir Nosirov, 3.Temur Mamatov, 8.Siroj Meliyev, 9.Jamoliddin Ubaydullayev (24.Muramotsu Tomoki 58), 13.Iskandar Shodmonov (22.Abdullox Maxkamov 46), 16.SHoxjaxon Qilichev, 18.G‘olibbek Sariboyev, 13.SHokir Yuldashev, 25.Mo‘minjon Meliyev (7.SHaxzodbek Ubaydullayev 70), 26.Iskandar Shaykulov, 70.Jonibek  Mirzaqulov.

Zaxira: 35.Raximjon Abduqodirov, 10.Jo‘rayev, 17.Oybek To‘rayev Davronbek, 47. Begzodjon Tursunov.

 

 

“Nasaf”: 30.Muzaffar Sharipov (s), 4.Jo‘rabek Mannonov, 6.Sirojiddin Qo‘ziyev, 7.Jahongir Qurbonboyev, 13.Muhriddin Zoirov, 14.SHarof Muhitdinov, 15.G‘olib G‘aybullayev, 22.Alijon Axmatov (33.SHoxruh Ne’matov 72), 28.Sardor Sa’dullayev, 35.Javohir Shokirov (16.Anvar Husanov 60) (32.Navro‘zjon Saidov 84), 38.Doniyorjon Narzullayev.

Zaxira: 25.SHaxzodbek Suyunov, 9.Abubakr Rizo Turdaliyev, 34.Nurbek Botirov, 96.Dadajon Mamatqulov.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 20:30, 25.10.2017.
O'qildi: 2678 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.