Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Abduqahhor Hojiakbarov: «Asosiy darvozabonlarning yo‘qligi sezilyapti»

Abduqahhor Hojiakbarov: «Asosiy darvozabonlarning yo‘qligi sezilyapti»

Baho:
+ | -

Birinchi davrani yuqori saviyada o‘tkazgan poytaxt viloyatining «Olmaliq» jamoasi chempionat yakunlanishiga beshta tur qolgan bir paytda turnir jadvalida o‘ziga mos bo‘lmagan o‘rinni egallab turibdi.

Vaholanki, Viktor Kumikov shogirdlari oraliq tanaffusga 24 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinda chiqib ketishgandi. Olmaliqliklar hal qiluvchi bosqichning 9ta o‘yinida 8 ochko (25-tur qo‘shilmagan) to‘plashdi, xolos.

O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, jamoa ikkinchi davrada o‘z imkoniyati darajasida o‘yin namoyish eta olmayapti.

Biz 25-tur uchrashuvi oldidan «Olmaliq»ning tajribali himoyachilaridan biri Abduqahhor Hojiakbarovdan intervyu oldik.

- Abduqahhor, «Olmaliq» ikkinchi davrada o‘z imkoniyati darajasida o‘yin namoyish etolmayapti? Klubga ko‘z tegdimi yoki muvaffaqiyatsiz ishtirokning boshqa sabablari bormi?

- O‘zimiz ham hayronmiz, umuman o‘yinimiz qovushmayapti. Nasib qilsa, hammasi o‘z joyiga tushib ketadi.

- Lekin mavsum yakunlanishiga bor-yo‘g‘i 5ta tur qoldi. G‘alvirning ayni suvdan ko‘tariladigan payti. Qimmatli ochkolarni yo‘qotib qo‘ymadinglarmi?

- To‘g‘ri, ortda qolgan o‘yinlarda, ayniqsa, ikkinchi davrada qimmatli ochkolarni yo‘qotdik. Qolgan beshta bahsda vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz.

- Sabab faqat jamoaning o‘yini qovushmaganidami? Holatni murabbiylar bilan birgalikda muhokama qilyapsizlarmi? Ular nima deyishyapti?

- Boshqa sababini ko‘rmayapman. Jamoada hamma narsa a’lo darajada yo‘lga qo‘yilgan. Maosh va mukofot pullarini vaqtida olyapmiz. Har bir o‘yindan keyin murabbiylar boshchiligida uchrashuvni tahlil qilyapmiz. Xato va kamchiliklarimizni aytish-yapti.

- «Olmaliq» o‘z maydonida «Neft-chi»ga yutqazib qo‘ydi. Buni hech kim kutmagandi. Jamoangiz o‘sha kuni mag‘lubiyatga loyiqmidi?

- Yo‘q, umuman munosib emasdik. Mazkur bahsga jiddiy hozirlik ko‘rgandik. Mabodo, «Neftchi» bilan o‘yin-da durang qayd etilsa ham, buni mag‘lubiyatdek qabul qilardik.

Afsuski, yakunda ochkosiz qoldik. Omad bizdan ochiqchasiga yuz o‘girdi. To‘p darvozaga kirishni istamasa qiyin ekan. Qulay vaziyatlarni ko‘kka sovurdik.

- «Olmaliq» birinchi davrada ancha yorqin o‘yin namoyish etgandi. Balki futbolchilar charchab qolishgandir?

- Mavsumning yakuniy qismiga yaqinlashayotgan bo‘lsak-da, hali charchoq alomatlari sezilmayapti.

Jamoamizning asosiy posbonlari Xurshid Xo‘jayev va Akbar To‘rayevning jiddiy jarohat olishi qimmatga tushyapti, ularning yo‘qligi bilinmoqda. Darvozabonlarga bejiz yarim jamoa iborasi ishlatilmas ekan.

- Viktor Kumikov asosiy e’tiborni jismoniy tayyorgarlikka qaratadi, deyishadi...

- Shunday desa ham bo‘ladi. Asosan mavsum boshlanishi oldidan va davralar oralig‘idagi tanaffus chog‘ida jismoniy tayyorgarlikka urg‘u berdik.

Viktor Balyutovich ko‘proq standart vaziyatlardan unumli foydalanishimiz kerakligini uqtiradi, bu borada astoydil ishlayapmiz. Rossiyalik mutaxassis Qozog‘istonning «Shaxtyor» klubi bilan Yevropa Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasida ishtirok etdi.

«Ko‘hna qit’a» futbolini yaxshigina o‘zlashtirgan. O‘tkazayotgan mashg‘ulotlarida bu yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.

- Kumikov qanday murabbiy?

- Gohida juda ham qattiqqo‘l. Ba’zi holatlarda esa hazilkashlikni ham o‘rinlatadi. Lekin o‘ta talabchan.

- Futbolchilarni jazolagan paytlari ham bo‘ladimi?

- Yo‘q, vaziyat bunchalikka borib yetmaydi.

- «Olmaliq»dagi bugungi holatingizdan ko‘nglingiz to‘qmi?

- Albatta. Hammasi o‘zim xohlagandek. Maydonga tushyapman. Murabbiylar ishonch bildirishyapti. Futbolchi uchun eng muhimi shu.

- Klub bilan tuzilgan shartnomangiz muddati qachongacha amal qiladi?

- Shu yil dekabr oyida yakunlanadi.

- Yangi rejalar bormi?

- Hozircha yo‘q. Bu mavzuga mavsum yakunlanganidan so‘ng murojaat qilamiz.

- Nima deb o‘ylaysiz, chempion nomi aniq bo‘lib ulgurdimi? Yoki qolgan o‘yinlarda kutilmagan natijalar ro‘y berishi mumkinmi?

- «Lokomotiv» imkoniyatni qo‘ldan chiqarmasa kerak. Shaxsiy fikrim, chempion nomi aniq bo‘lib ulgurgan.

- Taxmin qiling, yakunda kuchli uchlikdan qaysi jamoalar joy olishadi?

- «Lokomotiv», «Nasaf», «Bunyodkor».

- «Paxtakor» bu ro‘yxatga kirolmaydimi?

- O‘ylashimcha, yo‘q! «Bunyodkor» hozirgi tempini ushlab qolsa, mavsumni «sherlar»dan yuqoriroq o‘rinda yakunlaydi.

Oldinda bu ikki jamoaning o‘zaro o‘yini ham bor. «Paxtakor» maydonida kechadigan uchrashuvda ko‘p narsaga oydinlik kiritiladi. O‘z o‘rnida turnir jadvalining quyi qismida ham kurash keskinlashmoqda.

Shu jihatdan olib qarasak, muxlislar mavsumning so‘nggi turigacha zerikib qolishmaydi. O‘z o‘rnida biz ham qolgan bahslarda «Olmaliq» ishqibozlarini xushnud etishga intilamiz.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:54, 27.10.2017.
O'qildi: 2034 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.