Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

“Real” va “Barselona” bortda, ammo Qirol Kubogi yangi formatga muhtoj

“Real” va “Barselona” bortda, ammo Qirol Kubogi yangi formatga muhtoj

Baho:
+ | -

Ispaniyaning ikki yetakchisi daslabki bahsda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishni deyarli naqd qilishdi, ammo Qirol Kubogini yanada qiziqarliroq qilish vaqti keldi. Goal tahlilchisi Ben Xeyvard huddi shu fikrni ilgari surmoqda. Shunday qilinsa, musobaqa o‘zgacha jozibaga ega bo‘ladi.

Qirol Kubogida bu safar ham hech qanday sensasiya bo‘lmadi. Seshanba kuni “Barselona” “Mursiya”ni asosiy tarkib futbolchilarisiz, qiyinchilik bilan 3-0 hisobida yenggan bo‘lsa, “Real” ham o‘z yetakchilarisiz “Fuenlabrada”ni 2-0 hisobida mag‘lub etdi. O‘zgarish qilish vaqti keldi.

Har yili 2009-yilgi “Real”ning “Alkorkon”ga yirik 4-0 ga yutqazgani gapirib kelinadi. Bunday natija “qaymoqranglilar” boshqaruvidagi Manuel Pellegrining davri yakunlanishining debochasi bo‘lgan edi.

Biroq, o‘shandan beri Qirol Kubogida hech qanday sensasiya ro‘y bermadi. Nega? Chunki, grand jamoalar yanada kuchaygan. Ularning ikkinchi, hatto uchinchi tarkibi ham bunday raqilarni yutib ketaveradiq.

“Barselona” seshanba kuni “Mursiya”ni Pako Alkaser, Jerar Deulofeu va yosh Xose Arnaislarning gollari evaziga mag‘lub etdi. Dastlabki ikki futbolchi, kataloniyaliklar tarkibiga kelib qo‘shilishdan oldin, mos ravishda “Valensiya” va “Milan”da o‘ynagan. So‘nggisi esa, “Real Valyadolid”dan olingan noyob iqtidor egasi. “Real Valyadolid” Ispaniya Segundasida ishtirok etadi va raqib “Mursiya”dan bir pog‘ona balandda bormoqda. Lionel Messi va uning sheriklarisiz ham, “ko‘k-anorranglilar” iqtidorlarga to‘la.

Madrid klubi esa Fuenlabradada qattiq ter to‘kdi. Ammo ular ham ikki penalti evaziga g‘alabani o‘ziniki qilib oldi. Gollarga Marko Asensio va Lukas Vaskes mualliflik qilishdi.

Shunga qaramay, bu o‘yinda Krishtanu Ronaldu, Marselo, Benzema, Keylor Navas, Serxio Ramos va boshqa asosiy tarkib o‘yinchilari ishtirok etmagan bo‘lsada, Zinedin Zidan shogirdlari raqib tomonidan haqiqiy tahdidni ko‘rmadi. “Barsa” va “Real” uchun javob uchrashuvlari rasmiyatchilikdan boshqa narsa emas.

Mursiya va Fuenlabrada Ispaniyaning ikki grand jamoalarini qabul qilganidan xursand, albatta. Biroq, bir o‘yindan keyin musobaqa bilan xayrlashish kishini tashvishlantiradi. Kuchli tomonni o‘yinga jiddiy e’tibor qaratishga va muxlislarga jahon saviyasidagi futbolchilarni maydondan turib tomosha qilishlariga imkon yaratishga majburlash kerak.

1/16 bosqichida, ayrim kichik sensasiyalar ham yuz bergan. “Numansiya” o‘yin oxirlarida ikki gol urib, “Malaga”dan ustun kelgan. “Ponferradina” “Vilyarreal”ga qiyinchilik tug‘dirgan bo‘lsa, “Elche” o‘z uyida “Atletiko” bilan durangga erishgan.

Umuman olganda, La Liganing barcha jamoalari keyingi bosqichda, deyishimiz mumkin. Demak, Qirol Kubogi formatini o‘zgartiradigan payt kelgan. Angliyadagi kabi, Qirol Kubogi bir o‘yinlik qilinsa, bu musobaqaga o‘zgacha ishtiyoq, kutilmagan vaziyatlarni taqdim qiladi. Chunki futbol shunisi bilan qiziq.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 00:42, 29.10.2017.
O'qildi: 7365 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик