O‘zbekistonlik yarim himoyachi Aziz Ibragimov Latviyaning "Spartak" klubi safida chempion bo‘ldi.
Chempionat tugashiga 1 tur qolganida "Spartak" o‘zidan keyin kelayotgan jamoadan olti ochkoga ilgarilab ketdi. Shu tariqa Yurmala shahri klubi ketma-ket ikkinchi yil Latviya chempioni bo‘ldi.