Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Xames Rodriges «Bavariya»da ortiqchami?

Xames Rodriges «Bavariya»da ortiqchami?

Baho:
+ | -

«Bavariya» Xames Rodrigesni «Real»ga qaytarmoqchi? Nega?

Axir Germaniya grandi kolumbiyalik futbolchini ijara kelishuvi asosida taklif etib, shartnoma muddati tugagach, uning transfer huquqini to‘liq sotib olishni rejalashtirgandi-ku.

Nima bo‘ldi? Bombardir.ru sayti hammada alohida qiziqish uyg‘otgan kelishuv nega o‘zini oqlamayotgani sababini qidirib ko‘rdi.

O‘zi nima bo‘lyapti?

Bilasiz, «Bavariya» rahbariyati yaqindagina bosh murabbiyni yangiladi: Myunxenda ishi yurishmagan Karlo Anchelotti o‘rniga Yupp Xaynkesni taklif qildi. Natijada bundesliga grandining Xames Rodriges xizmatiga ehtiyoj sezmayotganiyu, uni muddatidan oldin «Real»ga qaytarishi haqida gap-so‘zlar tarqaldi.

Blu Radio ma’lumotlariga ko‘ra, qariya Xaynkes kolumbiyalik futbolchi bilan birga ishlamoqchi emas. Aytish joiz, Xames Myunxen klubi safiga shaxsan Anchelotti xohishi bilan qo‘shilgandi. Chunonchi, italyan mutaxassisi va yulduz yarim himoyachining yo‘llari «Real»da o‘zaro kesishgandi.

Xames «Bavariya»da o‘zini nechog‘li ko‘rsatdi?

Hozircha aytarli karomat ko‘rsata olgani yo‘q. Kolumbiya faxri hattoki, Anchelotti davrida ham atigi 1ta o‘yinni to‘liq o‘tkazdi va yana 4ta uchrashuvda ma’lum vaqt harakatlandi.

Shuning barobarida 1ta gol urishdan tashqari, yana biriga assistentlik qildi. Tabiiyki, bunday statistika top-futbolchilar qatoriga kiruvchi Xames uchun aslo yarashmaydi.

U Myunxenda qaysi shartlar asosida o‘ynamoqda?

2 oycha oldin hamma «Bavariya» ajoyib kelishuvni amalga oshirganini ta’kidlayotgandi. Zero, nemis klubi Xamesni uzoq muddatli ijara sharti bo‘yicha olib, uni 2 mavsumdan so‘ng 40 mln. yevroga sotib olishni mo‘ljallagandi.

Biroq qisqa vaqt ichida umumiy holat keskin o‘zgardi: Anchelotti Germaniyadan ketdi, yangi murabbiy rejalarida esa Rodrigesga joy yo‘q, shekilli.

Xames «Madrid»da qanday o‘ynagandi?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:20, 30.10.2017.
O'qildi: 3947 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик