Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-1 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Pablo Machin: «Real»ni mag‘lub etishimizga ishongandim»

Pablo Machin: «Real»ni mag‘lub etishimizga ishongandim»

Baho:
+ | -

"Jirona" bosh murabbiyi Pablo Machin "Real"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (2:1) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

G‘alaba haqida
«Ushbu g‘alaba xotiramda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Chempionat debyutanti deyarli 30 yildan beri «Real»ni mag‘lub eta olmayotgan edi. Biz esa buni uddaladik. Bugun biz g‘alabaga munosib o‘yin ko‘rsatdik. Tanaffusda men futbolchilarga, agar shunday o‘ynashda davom etsak, g‘alaba qozonishimiz mumkinligini aytdim. Biz Yevropa chempionlar ligasi g‘olibini mag‘lub etdik. Ammo hozirgi formamiz 4 kun avvalgiga nisbatan yaxshi emas. Biz bor e’tiborimizni Primeradan jon saqlab qolish uchun kurashga qaratamiz.

Qay biri yaxshiroq: bugungi g‘alaba yoki La ligaga chiqish
«La ligaga chiqmasak, bugungi g‘alaba bo‘lmasdi. Jahonning eng yaxshi jamoasi bilan tengma-teng o‘ynadik. Bu g‘alabani bizni uzoq vaqtdan beri qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarga bag‘ishlaymiz. Stadiondagi bugungi muhim bizga katta yordam berdi. Agar 3 yil avval kimdir menga «Real»ni mag‘lub etishimni aytganida, men uni jinniga chiqargan bo‘lardim».

O‘yin haqida
«Yutqazayotgan paytimizda ham xotirjamlikni saqlab qoldik va belgilab olingan reja bo‘yicha harakat qilishda davom etdik. Biz kurashdik va g‘alaba qozondik — bu eng muhimi»

«Biz «Madrid»ni mag‘lubiyatga uchratgan ekanmiz, demak, har qanday raqib bilan kurasha olamiz. «Jirona»ni qabul qilib olganimda, jamoa Segunda B ligasida o‘ynardi. Hozir esa biz Primeradamiz va Yevropa chempionini mag‘lub etdik».

Jamoaga ishonch haqida
«G‘olib chiqishimiz mumkinligiga rostdan ham ishongandim. Men bunga tanaffusga qadar ishongandim. 0:1 hisobi adolatli hisob emas edi va biz mag‘lubiyatga munosib emasdik. Bugungi o‘yinimiz orqali "Real" darvozasini 2 marta ishg‘ol qildik».

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 12:04, 30.10.2017.
O'qildi: 4593 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.