Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

UzReport rahbari O‘FF Ijroiya Qo‘mitasiga yangi a’zosi sifatida kiritildi

UzReport rahbari O‘FF Ijroiya Qo‘mitasiga yangi a’zosi sifatida kiritildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi majlislari zalida bugun, 30 oktyabr kuni O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirokida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘FF Ijroiya Qo‘mitasining yangi a’zosi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Futbol Federasiyasining Ustavi 33-moddasi 7-bandiga asosan Ijroiya Qo‘mitasining vakant bo‘lib qolayotgan o‘rnini to‘ldirish uchun UzReport axborot agentligining Bosh direktori Jo‘rayev Ravshanxon Ergashovichning nomzodi qo‘mita a’zolari tomonidan ma’qullandi.

Jo‘rayev Ravshanxon Ergashovich O‘FF Ijroiya Qo‘mitasining yangi a’zosi sifatida navbatdagi Konferensiyada keyingi muddat uchun saylovga qo‘yiladi.

“Bildirilgan ishonch uchun minnatdorman. Umid qilamanki, bo‘lajak ishlarimiz mamlakatimizda futbol rivoji uchun hissa qo‘shadi”, – dedi Ravshanxon Jo‘rayev.

“Ravshanxon Jo‘rayevni O‘FF Ijroqo‘mi a’zosi etib tasdiqlangani bilan tabriklayman”, – dedi O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov. “UzReport axborot agentligi O‘FF Marketing boshqarmasi va O‘zPFL bilan hamkorlikda katta loyihalarni amalga oshirishiga umid qilaman”.

Ravshanxon Jo‘rayev 1971 yil 23 fevral kuni tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 1994 yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida bir qator tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan. 2010 yildan buyon UzReport axborot agentligi Bosh direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

UzReport axborot agentligi 1999 yilda tashkil topgan. 2014 yili agentlik qoshida UzReport TV, 2017 yili esa Futbol TV telekanallari tashkil qilindi. Futbol bo‘yicha Anlgiya va Ispaniya chempionatlari, shuningdek, Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi o‘yinlari translyasiyasi huquqini xarid qilgan telekanal mazkur uchrashuvlarni jonli ravishda muxlislar e’tiboriga havola etmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘FF Ijroiya Qo‘mitasi tarkibi 11 kishidan iborat. Quyida Ijroqo‘mning to‘liq tarkibi bilan tanishish mumkin.

O‘FF Ijroiya Qo‘mitasi tarkibi

1. Umid Ahmadjonov – O‘FF Prezidenti

2. Shoakrom Isroilov – O‘FF Birinchi vise-prezidenti

3. Achilbay Ramatov – O‘FF vise-prezidenti

4. Po‘lat Bobojonov – O‘FF vise prezidenti

5. Rustam Qurbonov – O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi

6. Bobur Shodiyev – “Paxtakor” FK prezidenti

7. Murod Aliyev – “Bunyodkor” FK Bosh direktori

8. Mansur Rajabov – “Lokomotiv” FK prezidenti

9. Komil Yarashev – O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti rektori

10. Narimon Jalolov – O‘zbekiston futbol faxriylari kengashi raisi

11. Ravshanxon Jo‘rayev – UzReportaxborot agentligi Bosh direktori

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 20:37, 30.10.2017.
O'qildi: 4111 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.