Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Dubayga yo‘l oldi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Dubayga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi BAAda o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazish uchun bugun, 31 oktyabr kuni Dubay shahriga uchib ketdi.

Dubaydagi yig‘in doirasida Bahodir Ahmedov shogirdlari BAAga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. O‘rtoqlik o‘yinlari 2 va 3 noyabr kunlariga belgilangan. Jamoa 4 noyabr kuni Toshkent shahriga qaytib kelishi ko‘zda tutilgan.

Bahodir Ahmedov yig‘inga 16 o‘yinchini jalb qildi. Quyida ular bilan tanishish mumkin:

Darvozabonlar: Rustam Umarov («Ardus»), Akmaljon Hazratkulov («Do‘stlik-AIN»);

O‘yinchilar: Artur Yunusov («Ardus»), Mashrab Odilov («Ardus»), Konstantin Sviridov («Olmaliq»), Farhod Abdumavlonov («Ardus»), Davron Choriyev («Ardus»), Husniddin Nishonov («Nafis»), Davronjon Abdurahmanov («Ardus»), Anasxon Rahmatov («Ardus»), Ixtiyor Ropiyev («Maksam-CHirchiq»), Dilmurod Shavkatov («Ardus»), Alan Aminov («Ardus»), Xushnur Erkinov («Ardus»), Akbar Usmonov («Olmaliq»), Botirbek Rizayev («Maksam-CHirchiq»).

Qayd etish joiz, O‘zbekiston va BAA futzal terma jamoalarining o‘rtoqlik o‘yinlari O‘zbekiston Futbol Federasiyasi va BAA Futbol Assosiasiyasi o‘rtasidagi imzolangan memorandum doirasida tashkil qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Eronning Tabriz shahrida bo‘lib o‘tgan OCH saralash bosqichi «A» guruhida 1-o‘rinni egallab, Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Futzal bo‘yicha qit’a birinchiligi 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi shahrida bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 10:46, 31.10.2017.
O'qildi: 2776 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.