Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

AFC U19 saralash. Guruhdoshlarimiz o‘zaro durang o‘ynashdi

AFC U19 saralash. Guruhdoshlarimiz o‘zaro durang o‘ynashdi

Baho:
+ | -

Yoshlar (U19) o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichi doirasida "V" guruhi o‘yinlari Dushanbeda start oldi. O‘zbekiston terma jamoasi ham mazkur saralash bosqichida ishtirok etish uchun Tojikistonga yo‘l olganidan xabaringiz bor.

Kecha guruhning dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. E’tiborli tomoni, har ikkala bahsda durang natija qayd etildi. Maldiv orollari va Shri Lanka terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 2:2 hisobi bilan yakunlandi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda shri-lankaliklar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Mezbon — Tojikiston yoshlar terma jamoasi esa, kutilmaganda, Bangladesh darvozasiga yo‘l topa olmadi — 0:0.

Aleksandr Mochinov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi dastlabki o‘yinni ertaga, 2 noyabr kuni Shri-Lankaga qarshi o‘tkazadi.

2 noyabr, payshanba
12:00  Shri-Lanka – O‘zbekiston
15:00  Maldiv orollari – Bangladesh

4 noyabr, shanba
12:00  O‘zbekiston – Maldiv orollari
15:00  Tojikiston – Shri-Lanka

6 noyabr, dushanba
14:00  Bangladesh – O‘zbekiston
17:00  Tojikiston – Maldiv orollari

8 noyabr, chorshanba
14:00  Shri-Lanka – Bangladesh
17:00  O‘zbekiston – Tojikiston

Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, U-19 Osiyo chempionatiga mezbon Indoneziyadan tashqari saralashning guruh bosqichida birinchi o‘rinni egallagan 10 jamoa hamda ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi 5 jamoa yo‘l oladi. U-19 OCH final bosqichi 2018 yilning 18 oktyabr – 4 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:05, 01.11.2017.
O'qildi: 10431 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик