Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Mashhur futbolchilarning «xurmacha qiliqlari»

Mashhur futbolchilarning «xurmacha qiliqlari»

Baho:
+ | -

Rossiyada o‘tadigan mundialda muxlislar qaysi futbol yulduzlarining g‘ayritabiiy qiliqlariga guvoh bo‘lishlari mumkin? Xorijlik kasbdoshlarimizning maxsus sharhlari shu mavzuga bag‘ishlangan.

Aleksandr Mitrovich (Serbiya)

U-19 toifasidagi Yevro-2013 turnirida serblar o‘z tarkibida Martial, Laport va Rabyodek kuchli futbolchilari bo‘lgan Fransiyani yengishgan (1:0) va shohsupaga ko‘tarilgan edilar.

Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan Mitrovich esa o‘sha paytda ham noyob iqtidor sohibi edi. Aslida, «Partizan» tarbiyalanuvchisi darvozabonlikni yoqtirar, lekin otasining talabiga ko‘ra, hujum chizig‘ida o‘ynardi.

2013 yilning 10 dekabrida uning «Anderlext» klubi YECHL guruh bosqichining so‘nggi bellashuvini safarda «Olimpiakos» bilan o‘tkazgandi.

93-daqiqada mehmonlar posboni Silvio Proto qoida buzgani uchun maydondan chetlatildi, uning darvozasi tomon penalti belgilandi.

Ana shu pallada Aleksandr qo‘liga qo‘lqop kiydi. U to‘pning yo‘nalishini to‘g‘ri topdi. Ammo Chori Domingesning zarbasi aniq va kuchli bo‘lgani bois, «Anderlext»ni goldan qutqara olmadi.

Ibra bilan aytishib qoldi. O‘sha mavsumning «PSJ»ga qarshi uchrashuvida 19 yoshli hujumchi Zlatan Ibragimovichni aldab o‘tib, oldinga intildi.

Shvesiyalik kasbdoshi esa uni chalib yiqitishdan o‘zga chora topolmadi. Mitrovich mashhur raqibiga keskin norozilik bildirdi. Ibraning futbolchilardan dakki olishi - kamyob hodisa.

Golni muxlis bilan nishonladi. «Nyukasl»-«Sanderlend» bahsida muvozanatni tiklagan Aleksandr o‘z golidan shunchalik xursand bo‘ldiki, uni maydonga yugurib tushgan «qarg‘alar» muxlisi bilan quchoqlashgan holda nishonladi.

Muxlislarini raqs bilan siyladi. «Nyukasl» muxlislari Mitrovichni juda tez sevib qolishdi va unga atab qo‘shiq yozishdi.

Uchrashuvlardan biri yakuniga yetgach, stadiondagi barcha muxlislar shu qo‘shiqni kuylagan holda hujumchini kuzatib qo‘yishdi. Bundan to‘lqinlanib ketgan Aleksandr maydon markaziga qaytdi va qo‘shiq ohangiga mos raqs ijro etdi.

Luis Suares (Urugvay)

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:23, 01.11.2017.
O'qildi: 4158 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик