Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: «Terma jamoadan taklif bo‘lishini kutmagandim»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Terma jamoadan taklif bo‘lishini kutmagandim»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib, Qarshining «Nasaf» klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev tayinlanganligini rasman e’lon qilgach, «Erudit Sport» gazetasi muxbiri Qarshida bo‘lib, terma jamoamiz ustozi bilan suhbatlashdi.

— Ro‘ziqul aka, avvalambor, sizni mamlakatimizning bosh jamoasi ustozi etib tayinlanganingiz bilan tabriklaymiz. Vatanimizning bosh jamoasidan bo‘lgan taklifni qanday qabul qildingiz?

— Tabrik uchun rahmat. To‘g‘risini aytaman, milliy terma jamoadan taklif bo‘lishini umuman kutmagandim. Shu bois, buni xursandchilik va mas’uliyatni sezgan holda qabul qildim deyishim mumkin. Bilishimcha, Federasiya xorijlik murabbiy borasida hali bir qarorga kelmagani bois, terma jamoani vaqtinchalik boshqarib turaman.

— Mirjalol Qosimov 2010 yilda ikkinchi bor termadan taklif olganida, «Vatanga yo‘q deyilmaydi» deya javob bergandi. Siz taklifni qay holatda qabul qildingiz?

— Chindanam, shunday – Vatanimiz uchun qancha xizmat qilsak shuncha oz bo‘lganidek, uning bosh jamoasi uchun ham qo‘ldan kelgan barcha yordamimizni ayamaymiz. Bu juda katta ishonch ekanligini sezib turibman. Terma jamoani boshqarish katta sharaf hamdir.

— Termadan taklif qachon bo‘lgandi va sizga kim taklif bilan chiqdi?

— Farg‘onada «Neftchi»ni mag‘lub etib qaytganimizdan keyin O‘FFga chaqirishgandi. U yerda Sardor Rahmatullayev hamda vise-prezident Shoakram Isroilov bilan uchrashdim. Ular terma jamoani vaqtinchalik boshqarshi masalasini aytishdi. Prezident Umid Ahmadjonov Qatar safaridan kelganidan keyin rasmiy qaror qabul qilishini ma’lum qilishdi. BAA bilan o‘rtoqlik uchrashuvi rejalashtirilgani tufayli terma jamoani boshqarishimni so‘rashdi. Demak, bizga ishonishayotgan ekanlar, barchaning ishonchini oqlashga intilamiz.

— Terma jamoa murabbiylar shtabi tarqatilgandi. Yangi murabbiylar shtabida kimlar sizga yordam beradi?

— Ochig‘i, bu haqda endi bosh qotiraman. Asosan, klubdagi yordamchilarim bo‘lishadi. Qolaversa, shtabimizda boshqa murabbiylarni ham qo‘shib olishimiz mumkin. Yig‘ingacha ma’lum bo‘ladi.

— Ilk yig‘inda BAAga qarshi maydonga tushiladi. O‘sha yig‘in uchun tarkibda o‘zgarishlar katta bo‘ladimi? Ya’ni doimiy nomzodlar emas, o‘zingiz Oliy Ligada kuzatib yurgan futbolchilar taklif etiladimi?

— To‘g‘risi, hali bu savolingizga javob berishim qiyin. Chunki, shu paytgacha asosan o‘z klubimdagi faoliyatim bilan band edim va nomzod futbolchilarni kuzata olmagandim. O‘ylaymanki, Oliy Ligada bunday futbolchilar ko‘p va ertadan boshlab ularni kuzatib boraman. Futbolchilar faqat «Lokomotiv», «Bunyodkor», «Nasaf» yoki «Paxtakor» emas, balki Oliy Liganing boshqa klublaridan ham taklif etiladi.

— O‘FF prezidenti «BAA bilan o‘yin milliy terma jamoa tarkibiga nomzod bo‘lgan yangi yoshlarni saralab olish va ularni sinovdan o‘tkazish imkonini beradi» deb aytdi. Hozirdan ko‘z ostingizga olib qo‘ygan shunday yoshlar bormi?

— Terma jamoalarimizga nomzod bo‘lgan, milliy terma jamoaning kelajagi bo‘lmish 50 dan ortiq yoshlar bor. Ular orasidan terma jamoa uchun kerakli futbolchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan munosib yoshlarni  yig‘inga jalb etmoqchimiz. Ammo aytganimdek, hali bu borada ishlarni endi boshlayman. Hozirda Oliy Ligada iqtidorli yoshlar juda ko‘p. Ularni kuzatish uchun ozgina vaqtimiz bor. Ular orasidan termaning ertasi bo‘ladigan munosiblarini yig‘inga chaqiramiz. BAAdagi yig‘inda legionerlar ishtirok etmasligi bois, bor e’tiborni Oliy Ligadagi futbolchilarimizga qaratamiz.

— Termada vaqtinchalik ishlasangizda bu «Nasaf»dagi faoliyatingizga ta’sir qilmaydimi?

— Albatta, men «Nasaf» bilan birga bo‘lishim kerak. Ammo, oldimizda hozirda muhim o‘yinlar yo‘qligi bois, terma jamoa uchun ham asosiy ishlarni boshlab yuboramiz. O‘ylaymanki, klub uchun ham, terma jamoa uchun ham vaqt topamiz. Bu klubdagi ishimga salbiy ta’sir qilmaydi.

— Ro‘ziqul aka, o‘z vaqtida Mirjalol Qosimov terma jamoadan ketayotganida O‘FFga aynan sizning nomzodingizni aytgan va bu haqda sizga ham qo‘ng‘iroq qilgan ekan. Shu rostmi?

— Yo‘q, bo‘lmagan gap. Meni oldin termaga taklif qilishmagan, qo‘ng‘iroq ham bo‘lmagan. O‘FFdan ilk bor taklif oldim.

— Terma jamoa ulkan ma’suliyat ekanligi ma’lum. O‘FF taklifini eshitgach, termani boshqarish sizni cho‘chitmadimi?

— Yo‘q, cho‘chitdi demagan bo‘lardim. Bu ish juda ma’suliyatli ekanligini sezib tursamda, rahbarlar ishonishgan ekan, rad etmay, ishonchni oqlashim kerak, deya qaror qildim.

— Aynan qachondan boshlab, bor e’tiborni terma jamoaga qaratasiz?

— Oliy Liganing kelayotgan 27-tur uchrashuvlaridan so‘ng, milliy terma jamoamiz bilan ishni boshlaymiz. Rejalarimiz o‘zgarmasa, 6 noyabr kunidan boshlab yig‘inga kirishib, BAA bilan bo‘ladigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Usmon IBODOV suhbatlashdi, «Erudit Sport» gazetasi.

Manba: www.erudit-sport.uz
Kiritildi: 14:08, 02.11.2017.
O'qildi: 6256 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.