Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Yevropa ligasi. «Marsel» - «Gimaraesh». Evra o‘yin boshlanmasidan avval g‘alati tarzda maydondan chetlatildi (foto)

Yevropa ligasi. «Marsel» - «Gimaraesh». Evra o‘yin boshlanmasidan avval g‘alati tarzda maydondan chetlatildi (foto)

Baho:
+ | -

Yevropa ligasining 4-turida Portugaliyaning "Vitoriya Gimaraesh" klubi o‘z maydonida Fransiyaning "Marsel" jamoasini qabul qildi. Mehmonlar himoyachisi Patrisa Evra o‘yin boshlanmasidan oldin qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Futbolchilar o‘yinoldi mashg‘ulotini o‘tkazishayotgan paytda "Marsel" klubi muxlislari tribunadan turib haqoratlovchi so‘zlar bilan Evraga baqira boshlashdi. Oradan biroz o‘tib ishqibozlar maydon chetiga tushishdi. Shu paytda Patris ularning oldiga bordi va oyog‘ini baland ko‘tarib, karate uslubida muxlisning boshiga zarba berdi.



O‘yinchilar va "Marsel" muxlislari o‘rtasida yuzaga kelgan to‘polonni stadion qo‘riqchilari bartaraf etishdi. Patris Evra ushbu harakati uchun qizil kartochka bilan jazolandi. 36 yoshli futbolchi Yevropa ligasi doirasida o‘yin boshlanmasdan oldin maydondan chetlatilgan dastlabki futbolchi bo‘ldi.

Evra zaxira tarkibiga kiritilgani bois uning chetlatilishi maydondagi o‘yinchilar soniga ta’sir ko‘rsatmadi. Bu uchrashuvda "Gimaraesh" 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Evra 2017 yilning yanvar oyidan boshlab «Marsel»da o‘ynab kelmoqda. U «Yuventus»da 2,5 yil faoliyat yuritib, erkin agent sifatida fransuz jamoasiga kelib qo‘shilgandi. Uning marselliklar bilan shartnomasi ushbu mavsum oxiriga qadar tuzilgan.

Evra «Yuve»ga kelgunga qadar 8 mavsum davomida «Manchester Yunayted»da o‘ynagan. Mankunianliklar safida o‘ynagan yana bir fransuz futbolchisi – Erik Kantona shunga o‘xshash holatda muxlisga hujum qilgandi. O‘shanda «MYU» afsonasi 8 oyga diskvalifikasiya qilingandi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:45, 03.11.2017.
O'qildi: 13260 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик