Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Neymar «Real»ga o‘tishni istamoqda

Neymar «Real»ga o‘tishni istamoqda

Baho:
+ | -

Ispaniyaning Don Balon "PSJ" hujumchisi Ispaniya chempionatiga qaytishni istayotgani haqida olamshumul xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Madridning "Real"iga o‘tishni xohlamoqda. Boisi, "Barselona" 22 mln. yevroga sotib yuborilgan futbolchini o‘z safiga qaytarish ishqida yonayotgani yo‘q. The Daily Mail jurnalisti aniqlagan ma’lumotga qaraganda, futbolchi "Qirollik klubi" bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgan.

25 yoshli futbolchi Parijdagi hayotga, Unai Emeri qo‘lostida o‘ynashga ko‘nika olmayapti. Shuningdek, Neymar jamoadoshlari bilan yaxshi munosabat o‘rnata olmayapti. Edinson Kavani bilan yuzaga kelgan mojaro — aysbergning yuqori qismi xolos.

«Real» esa jahon darajasidagi yulduz futbolchiga millionlarni ayab o‘tirmaydi. Boz ustiga, madridliklar shu paytgacha Neymarni qo‘lga kiritish uchun bir necha marta harakat qilishgan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:27, 03.11.2017.
O'qildi: 34900 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик