Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

O‘FF «Oltin vodiy» loyihasini tasdiqladi

O‘FF «Oltin vodiy» loyihasini tasdiqladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol federasiyasining Bolalar, o‘smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi Toshkent shahar futbol federasiyasining tashabbusi bilan "Oltin vodiy" loyihasi dasturini ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyati vodiy ligasining markazi sifatida qayd etildi va O‘FF hamda PFL tomonidan maxsus dastur asosida boshqariladi. Toshkent shahar futbol federasiyasi tomonidan poytaxtda amalga oshirilayotgan barcha ko‘lamdagi ishlar vodiyda ham amalda qo‘llaniladi. Bu esa vodiy futbolining yana avvalgi mavqeiga qaytishi va u yerdan yangidan yangi Fyodorov, Lebedev, Atoyan, Mirxoldirshoyev, Saidov, Berdiyev, Soliyev, Kapadze, Ashurmatov kabi futbolchilar tarbiyalanishiga zamin yaratadi. XXI asr futbolida aksar vodiylik futbol yulduzlari bugungi kundagi muvaffaqiyatlariga poytaxt yoki Qashqadaryo jamoalarida to‘p tepib erishganlar. Loyihani ishga tushirish orqali vodiylik mahalliy o‘smirlarni o‘z uylaridan uzoq bo‘lmagan holda sifatli xizmat turini olishini ta’minlash bo‘ladi.

Shu bilan bir qatordavodiy jamoalarini professionallikka yo‘naltirish chora-tadbirlari qo‘llaniladi. Vodiy jamoalari uchun marketing, OAV, bolalar futboli, lisenziyalash, murabbiylarning malakasini oshirish kabi dasturlar endi vodiyning o‘zida tajribali mutaxassislar tomonidan o‘rgatiladi.

Shuningdek, yagona markazda faoliyat olib boradigan mutaxassislar, vodiy jamoalari ishtirokidagi oliy va birinchi liga uchrashuvlarini OCHL saviyasida o‘tkazish borasida mahalliy klublar bilan birgalikda ishlaydilar. Ayni kunda bunday xizmat turi bilan faqatgina OCHLning muntazam ishtirokchilari, "Bunyodkor", "Paxtakor", "Nasaf" va "Lokomotiv" maqtana oladi. Xuddi shu sifat oliy va birinchi liganing barcha jamoalarida bo‘lishi darkor.

 "Oltin vodiy" loyihasi asosida vodiyning turli shaharlarida, turli xildagi tadbirlar tashkil etiladi. Mazkur loyiha asosida O‘zbekiston Kubogi - 2018ning final o‘yiniga ham aynan vodiy stadionlaridan biri mezbonlik huquqini mavsum boshida qo‘lga kiritadi.

2018 yil mavsum avvalida professional klublar o‘rtasida "Oltin vodiy" musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda vodiy klublaridan tashqari Respublikaning boshqa jamoalari ham ishtirok etadilar. Bu esa jamoalarni yangi mavsum oldi o‘tkaziladigan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarisifatli o‘tishini ta’minlaydi.

Vodiy klublari va "Oltin vodiy" loyihasi ishtirokchilari 2018 yil OCHL o‘yinlarining ishchi-guruhi tarkibida malakaoshiradilar. Shuningdek, "Neftchi", "Navbahor", "Andijon", "Qo‘qon-1912", "Sementchi" kabi jamoalarning bolalar va o‘smirlar futboliga mas’ul xodimi bolalar futboli rivojlangan Yevropa mamlakatlarida tajriba orttiradi. Bu loyiha yuqoridagi klublar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

"Oltin vodiy" dasturi asosida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

1. 2-liga jamoalari o‘rtasida vodiy ligasi;

2. U-14, U-16, U-18 jamoalari o‘rtasida vodiy ligasi;

3.U-7-U-18 jamoalari o‘rtasida Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarining ikki davralik tizimdagi chempionati;

4.U-7 - U-18 jamoalari o‘rtasida vodiy viloyatlarining chempionati.

"Evropa andozasini o‘rganib chiqar ekanmiz, Germaniya, Belgiya, Ispaniya va Italiya kabi davlatlar poytaxtida berilayotgan xizmat turi chekka-chekka qishloqlarda ham qo‘llaniladi. Biz ham O‘zbekistonda shu ishni qo‘llaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi bilan imzolangan memorandum yordamida vodiydagi barcha BO‘SM va futbol lisey-internatlari hamda Olimpiya zaxiralari kollejlarini nazorat qilgan holda, u yerdagi ish sifatini oshirishimiz kerak bo‘ladi. Buning uchun albatta vodiy ligasini tuzishimiz lozim bo‘lardi.

Shu boisdan O‘FF Bolalar, o‘smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi va Toshkent shahar futbol federasiyasi tomonidan "Oltin Vodiy" loyihasi ishlab chiqildi. Bu loyiha O‘zbekiston futboli kelajagi yo‘lida xizmat qilishiga ishonamiz. Loyiha davomida ko‘plab yangiliklar bilan tanishib borasiz. 9 noyabr kuni O‘zbekistonga Jahon futboli afsonasi, Yevropa va Jahon chempioni Karles Puyol tashrif buyurayapti. Bu kabi tadbirlarni vodiyda ham o‘tkazamiz. Xalqaro o‘yinlar havosini olib kirishni maqsad qilganmiz. Bunga biroz vaqt ketadi, ammo dastur asosida uni ham uddalashimizga ishonamiz", - deydi O‘zbekiston futbol federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:35, 03.11.2017.
O'qildi: 6497 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.