Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Ro‘ziqul Berdiyev: «Cheran o‘zimizga ham kerak»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Cheran o‘zimizga ham kerak»

Baho:
+1 | -

Matbuot anjumanining navbatdagi qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Sa’dullayevich ishtirok etdi va o‘yin haqidagi quyida fikrlarni bildirdi.

"Raqibimiz bugungi o‘yinga qanday taktika qo‘llashini oldindan bilardik. Ularning asosan himoyalanib, tezkor qarshi hujumlar uyushtirishlarini kutgandik. Shunday ham bo‘ldi. “Metallurg” jamoasida tezkor hujumchilar bor. Biz shularni hisobga olib tayyorgarlik ko‘rgan edik. Futbolchilarimiz bugun ko‘rsatmalarimizni yaxshi bajarishdi. Bugun, shuningdek, futbolchilarimiz maydonda erkinroq va mazmunli o‘yin namoyish etishdi.

Cheranga taklif bo‘layapti? Albatta bu tabiiy hol, bizning futbolchilarimizga doim qiziqish katta bo‘ladi. Cheran o‘zimizga ham kerak, u bilan hali bir yillik shartnomamiz bor. Asosiy maqsadimiz yetakchi o‘yinchilarimizni jamoada olib qolish. Bu oldimizda turgan dolzarb maqsad. Bu haqda klubimiz rahbariyatiga ham aytaman, albatta. Chunki bu jamoamizning keyingi faoliyati uchun ham juda zarur.

Standart vaziyatlardan foydalanmaslik haqida. Afsuski bu bizning kamchiligimiz. O‘tgan o‘yinda ham, bugun ham ko‘plab standart vaziyatlardan foydalana olmadik. Bunday vaziyatlardan foydalana olish — raqib rejasini buzadi. Bu kamchilik ustida ishlaymiz.

Bugun zaxira darvozabon sifatida G‘olib G‘aybullayevni qaydnomaga kiritdik. Bunga majbur bo‘lganimiz sababi, quyi ligada o‘ynaydigan va o‘rinbosarlarimiz safida o‘ynaydigan darvozabonlarimiz diskvalifikasiyalar tufayli bizga yordam bera olishmasdi. Qolaversa, yana bir darvozabonimiz Umid Ergashev yoshlar terma jamoasiga jalb etilgani bo‘ldi", - dedi Berdiyev.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:43, 04.11.2017.
O'qildi: 8626 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик