Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Krishtianu Ronaldu: «Messi – Ronaldu davri endi boshlandi»

Krishtianu Ronaldu: «Messi – Ronaldu davri endi boshlandi»

Baho:
+1 | -

The Best FIFA Football Awards 2017 laureatlarini taqdirlash marosimi yakunlangach, yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan Krishtianu Ronaldu FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik hujumchi joriy yilning 24 avgust kuni Yevropaning eng yaxshi futbolchisi nomiga ham sazovor bo‘lgandi.

- Mazkur sovrinni ketma-ket ikkinchi marta qo‘lga kiritdingiz. Ko‘nglingizdan qanday hissiyotlar kechmoqda?

- Ajoyib kun, esdan chiqmaydigan lahzalarga boy oqshom. Jamoadagi do‘stlarim, meni qo‘llab-quvvatlagan barcha yaqinlarimga minnatdorchilik bildiraman. Hozir juda baxtliman, o‘ylaymanki, faoliyatimdagi eng yorqin kunlarni boshdan kechiryapman. Aqlga sig‘mas darajada xursandman.

- Sizni beshinchi marta dunyoning eng kuchli futbolchisi sifatida tan olishdi...

- Faoliyatimni boshlaganimda, oldimga katta maqsadlar qo‘ygandim. O‘ylashimcha, niyatlarim amalga oshishda davom etmoqda. Shaxsiy sovrinlarni qo‘lga kiritish meni yanada kuchli bo‘lishga undaydi, yuqori darajada to‘p surishimga yordam beradi.

- YECHLda yana g‘olib chiqishni istaysizmi?

- Albatta, xohlayman. «Real» bilan UYEFA superkubogida «Manchester Yunayted»ni, Ispaniya superkubogida «Barselona»ni mag‘lub etdik. «Real»da o‘ynaydigan har bir futbolchida barcha sovrinlarni yutish uchun katta imkoniyat paydo bo‘ladi. Faqat undan unumli foydalana olsangiz, marra sizniki.

- Portugaliya terma jamoasida ham buyuk ishlarni amalga oshirdingiz...

- Ha, Yevro-2016 musobaqasida qozonilgan g‘alaba juda muhim edi. O‘sha finalga qadar xalqaro maydonda biror-bir sovringa ega chiqmagandik. Yaratganning yordami bilan uzoq kutilgan niyatimga erishdim. Bu yil ham termamiz Rossiya mundiali yo‘llanmasini naqd qildi. Saralash o‘yin­lari kutilganidan qiyin o‘tdi, ammo yakunda hammasi yaxshilik bilan tugadi. Jamoaning barcha a’zolari JCHga chiqishimizga ishonishgandi, barchamiz shunga ko‘ra harakat qildik. Shveysariya termasiga qarshi kechgan bahsda so‘ngggi imkoniyatdan foydalanib, vazifani bajardik.

- Portugaliya milliy jamoasi Konfederasiyalar kubogida muvaffaqiyatsiz qatnashdi. Kelasi yili esa termangiz safida yana ruslar yurtiga borasiz. Bu holat takrorlanishi mumkinmi?

- Rossiya maydonlarida bir necha marotaba o‘ynaganman. Moskvada YECHL finalini o‘tkazib, g‘alaba qozonganman. Ushbu mamlakat menga ko‘p marotaba omad keltirgan. Faqat bu yil Portugaliya termasi Konfederasiyalar kubogida o‘ylagan maqsadiga yetolmadi. Chiliga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, turnir bilan erta xayrlashishga majbur bo‘ldik. «Nuqta»dan to‘p tepish lotereyaga o‘xshaydi - bir yutasan, bir yutqazasan. Nima ham derdim, KK terma jamoa uchun yangi marralar sari ko‘prik vazifasini bajardi.

- Ayrim futbol mutaxassislari hozirdanoq Portugaliya termasini mundial favoritlari orasiga qo‘shishmoqda...

- To‘g‘ri, biz Yevropaning amaldagi chempionlarimiz. Bu esa, tabiiyki, o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yanada orttiradi. Lekin men Yevro-2016dan oldin aytgan fikrimni yana qaytarmoqchiman: Portugaliya - katta musobaqalarda hech qachon favorit hisoblanmagan. Bizdan kuchli jamoalar bor, lekin termamiz istasa, barchani hayron qoldira oladi.

- Shaxsiy sovrinlar borasida har gal raqiblarni ortda qoldirgansiz. Bu safar ham Neymar va Messi kabi kuchli futbolchilar sizga raqobat tug‘dirishdi... DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:57, 05.11.2017.
O'qildi: 9629 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик