Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Ro‘ziqul Berdiyev BAAga boradigan O‘zbekiston MTJ tarkibini e’lon qildi

Ro‘ziqul Berdiyev BAAga boradigan O‘zbekiston MTJ tarkibini e’lon qildi

Baho:
+-1 | -

Xabaringiz bor, shu yilning 1 oktyabr kuni O‘zbekiston Futbol Federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov BAAga uyushtirgan rasmiy tashrifi davomida BAA Futbol Uyushmasi vise-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolagan edi. Ana shu memorandum doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda BAA milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi borasida kelishuvga erishilgandi.

14 noyabr kuni BAAda bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yiniga milliy terma jamoani Ro‘ziqul Berdiyev olib borishi avval ma’lum qilingandi.

Mazkur o‘rtoqlik o‘yiniga tayyorgarlikni milliy terma jamoa a’zolari 10 noyabr kuni Toshkentda boshlaydi. Ikki kun davomida poytaxtimizda mashg‘ulot o‘tkazgan milliy terma jamoa futbolchilari 12 noyabr BAAga jo‘nab ketishadi.

Ro‘ziqul Berdiyev BAA milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga ayni paytda o‘z pozisiyalarida yurtimizda eng kuchli bo‘lib turgan 23 nafar futbolchini jalb qildi.

Qayd etish joizki, BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida bosh murabbiy legionerlar xizmatidan foydalanmay, asosan yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazishga qaror qilgan.

BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga taklif qilingan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Sanjar Quvvatov (“Nasaf”), Javohir Ilyosov (“Mash’al”);

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Sherzod A’zamov (“Paxtakor”), Akmal Shorahmedov (“Nasaf”), Farrux Sayfiyev (“Nasaf”), Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), Akromjon Komilov (“Bunyodkor”), Shuhrat Muhammadiyev (“Lokomotiv”);

Yarim himoyachilar: Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Odiljon Hamrobekov (“Nasaf”), Jasur Yaxshiboyev (“Paxtakor”), Azizjon G‘aniyev (“Nasaf”), Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-1912”), Dostonbek Hamdamov (“Bunyodkor”), Azizbek Turg‘unboyev (“Navbahor”), Sardor Mirzayev (“Lokomotiv”), Bahrom Abdurahimov (“Nasaf”);

Hujumchilar: Marat Bikmayev (“Lokomotiv”), Ivan Nagayev (“Buxoro”).

Eslatib o‘tamiz, BAA milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 14 noyabr kuni Al-Ayn shahridagi “Xalifa Bin Zayd” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 12:43, 06.11.2017.
O'qildi: 30814 marta.
Fikrlar: 48 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик