Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

Integrasiya kubogi yoxud O‘FF va OFKga yangi turnir bo‘yicha taklif

Integrasiya kubogi yoxud O‘FF va OFKga yangi turnir bo‘yicha taklif

Baho:
+ | -

UYEFA JCH-2018dan keyin, to‘g‘rirog‘i, kelgusi yilning sentyabr oyidan o‘z qaramog‘idagi terma jamoalar o‘rtasida butunlay boshqacha musobaqa - Millatlar ligasiga start beradi.

Yangi turnir format nuqtai nazaridan aksariyat milliy chempionatlarni eslatib yuboradi: Yevropa futbol uyushmasiga a’zo 55ta mamlakat terma jamoasi JCH-2018 saralash bosqichidagi ishtiroki yakunlari bo‘yicha tuziladigan koeffisiyentlar reytingiga asosan 4ta divizion («A», «B», «C» va «D»)ga bo‘linadi.

Ushbu reyting joriy yil 15 noyabr kuni e’lon qilinadi. «Ko‘hna qit’a»dagi yangi g‘oya ta’sirida o‘yga cho‘mdik: Osiyoda ham shunga o‘xshash musobaqa tashkillashtirish mumkinmi?

Albatta, mumkin. Faqat tashabbus kerak, harakat zarur. O‘FFning yangi rahbariyati shunday g‘oyani ilgari surib, OFKga Integrasiya kubogi nomi ostida yangi turnir tashkillash taklifini yuborsa, nima bo‘ladi?

O‘ylaymizki, natija chiqishi-chiqmasligidan qat’iy nazar, federasiyamizning Osiyo futboli boshqaruv organi oldidagi obro‘si oshadi.

Nomga kelsak, OFK prezidenti kubogi yoki «Chaqiruv kubogi» kabi atamalar bilan yangi turnirga o‘zgacha shukuh bag‘ishlash qiyin. Mayli, musobaqa yo‘lga qo‘yilsa, unga deylik, bosh homiy nomini berish ham mumkin. Ya’ni bu ikkinchi masala.

Birinchisi esa turnirni tashkillashdir. Xo‘sh, maqsad nima?

Ayonki, UYEFAda bo‘lgani kabi terma jamoalarning FIFA kunlari o‘rtoqlik o‘yinlarisiz qolishi ehtimolini olish. Demak, quyida taklif mohiyati va uning formati xususida biroz suhbatlashsak.

Osiyo - bu shunday ulkan hududki...

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, hozir OFK tarkibida 47ta futbol assosiasiyasi bor. Shulardan birgina Shimoliy Mariana orollari FIFA a’zosi emas, xolos.

Chunonchi, Shimoliy Mariana jamoasi AQSH olimpiya qo‘mitasi tizimiga kiradi. Tan olaylik, 44 579 000 kilometr kvadratga cho‘zilgan (Avstraliyani hisobga olmaganda, albatta) va 4 462 676 731 kishi istiqomat qiladigan shunday ulkan hudud uchun muntazamlik kasb etuvchi yangi turnir zarur. Loaqal saviyasi past jamoalarni o‘rta darajaga tortish uchun.

Musobaqa formati qanday bo‘ladi?

16 oktyabr kuni e’lon qilingan FIFA reytingiga ko‘ra, jamoalarni 4ta ligaga bo‘lib olamiz. Reytingga asosan JCH-2018 saralashining oxirgi raundida o‘ynagan Tailand termasi 3-ligadan joy olsa, FIFA tomonidan diskvalifikasiya qilingan Quvayt jamoasi to‘rtinchi darajali guruhga tushadi.

Agarda hozirgi holat bo‘yicha taqsimlasak, milliy jamoamiz «A» ligasidan joy oladi. Umuman, Shimoliy Mariana termasini qo‘shmasak, 3ta liga 12tadan jamoani o‘z ichiga oladi, yana biri esa 10ta termani. 12ta jamoasi bor ligalarda 3ta yoki 4tadan guruh shakllantirish mumkin. Yana bir ligada esa 3ta guruh yuzaga keladi.

«A» ligasi (12ta jamoa): Eron, Avstraliya, Yaponiya, Xitoy, J.Koreya, S.Arabistoni, BAA, O‘zbekiston, Suriya, Iroq, Falastin, Qatar

«B» ligasi (12ta jamoa): Livan, Hindiston, Ummon, Yaman, Iordaniya, Turkmaniston, Filippin, Qirg‘izis-ton, Vyetnam, Tojikiston, Bahrayn, KXDR

«C» ligasi (10ta jamoa): Tailand, Gonkong, Xitoy Taypeyi, Afg‘o-niston, Myanma, Maldiv orollari, Laos, Indoneziya, Malayziya, Kambodja

«D» ligasi (12ta jamoa): Singapur, Nepal, Makao, Bruney, Quvayt, Butan, Guam, Sharqiy Timor, Bangladesh, Mo‘g‘uliston, Shri-Lanka, Pokiston

Ligalarning yakuniy tarkibi Osiyo kubogi-2019 saralash bosqichi yakunlangach, 2018 yil aprel oyida e’lon qilinadigan reytingga asosan tuzilsa, yana yaxshi.

Ta’kidlash joiz, hozirgi holatda S.Arabistoni, Qatar va Eron jamoalari bitta ligaga tushsada, guruhdosh bo‘lmaydi. Diplomatik va siyosiy masalalarda o‘zaro kelisholmayotgan boshqa mamlakatlarga nisbatan ham xuddi shu qoidani qo‘llash mumkin.

Musobaqa taqvimi

Osiyo kubogi-2023 mezbonlik huquqi uchun Xitoy, J.Koreya va Hindistondan rasman ariza tushgan. Agar mezbonlik shulardan biriga berilsa, baa-2019dan keyingi turnir vaqti yana yoz fasliga to‘g‘ri kelishi ehtimoli yuqori.

Bu holatda tig‘izlik yuzaga keladi: noyabr-dekabr oylari JCH-2022, oradan 8-9 oy o‘tib, Osiyo chempionati. Hozircha Qatar mundiali saralashi formati e’lon qilinmadi. Lekin amaldagi tizim qo‘llanilsa kerak, baribir.

Ya’ni JCH va Osiyo kubogi saralashi qo‘shma tarzda olib boriladi. Ayni shunday format yangi turnir tashkillashga jiddiy to‘sqinlik qilmaydi. Demak, Integrasiya kubogini birinchi marta 2019 yil sentyabr - 2020 yil iyun oralig‘ida guruh bosqichi va final raundi shaklida o‘tkazish maqsadga muvofiq.

Tabiiyki, ilk musobaqa sinov vazifasini bajarib beradi. Xullas, turnir ikki bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichni 2019 yil sentyabr - 2020 yil iyun oralig‘iga kubok sohibini aniqlab beruvchi final raundini esa 2022 yil yanvar yoki martga belgilash mumkin.

To‘g‘ri, aniq muddatlarni tanlash uchun avvalo, FIFA taqvimini diqqat bilan o‘rganib chiqish zarur. Yana bir tomoni, yangi turnir ahamiyatini oshirish yo‘lida 4ta liga g‘oliblariga Osiyo kubogi-2023 yo‘llanmasini tortiq etish ham mumkin.

E’tiborlisi, hozirgi holatda «D» ligasiga tushadigan jamoalardan faqatgina Singapur va Quvayt termalari qit’a birinchiligida qatnashgan. Demakki, yangi turnir ko‘plab jamoalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Integrasiya kubogi taxminiy taqvimi (ligalar uchun)

Bosqich

Raund (tur)

Sana

 

Guruh raundi

1-tur

2019 yil 30 avgust - 1 sentyabr

2-tur

2019 yil 5-7 sentyabr

3-tur

2019 yil 11-13 oktyabr

4-tur

2019 yil 17-19 oktyabr

5-tur

2019 yil 15-17 noyabr

6-tur

2019 yil 21-23 noyabr

 

«Pley-off» raundi

Yarim final

2020 yil 5-6 iyun

3-o‘rin uchun

2020 yil 9 iyun

Final

Musobaqa qanday boshlanadi?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:01, 07.11.2017.
O'qildi: 3046 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.