Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida futbol musobaqalari o‘tkaziladi

Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida futbol musobaqalari o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, bolalar va o‘smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Ana shunday chora-tadbirlar doirasida bolalar, o‘smirlar va yoshlar ishtirokida turli musobaqalar tashkil etilib,  mazkur musobaqalarda yosh futbolchilarning faol ishtirok etishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 10-16 noyabr kunlari Nukus shahrida 2004 yilda tug‘ilgan futbolchilar (13 yosh) o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati terma jamoalarining musobaqasi ana shulardan biridir. Ayni ko‘rinishdagi turnirning 2000 yilda tug‘ilgan o‘smirlar (17 yosh) o‘rtasidagi bahslari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, noyabr-dekabr oylarida O‘FFning bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi 4 ta musobaqasi tashkil etiladi.  Bulardan biri, 2006 yilda tug‘ilgan (11 yosh) bolalar o‘rtasida Oliy liga qoshidagi BO‘FMlari birinchiligidir. Bu turnir 2 noyabr kuni Farg‘ona shahrida boshlangan bo‘lib, 8 noyabr kuniga qadar davom etadi.2009-2010 yillarda tug‘ilgan (7-8 yoshli) bolalar o‘rtasidagi “Oltin kuz” turniri 6 noyabr kuni Toshkentda start oldi. Ushbu musobaqa 8 noyabrda yakunlanadi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida 9-10 yoshdagi bolalar o‘rtasida “Kelajak yulduzlari” hamda 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Respublika musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Noyabr-dekabr oylarida O‘zPFL tomonidan ham bolalar va o‘smirlar o‘rtasida bir qator turnirlar o‘tkaziladi. Ularning 2 tasi Buxoroda bo‘lib o‘tadi. Bu Oliy liga va Birinchi lina jamoalarining 13-14 hamda 15-16 yoshdagi o‘smirlar guruhlari o‘rtasidagi Respublika musobaqalarining final bosqichidir. Ayni musobaqaning 17-18 yoshli o‘smirlar o‘rtasidagi bahslariga dekabr oyida Qarshi shahri mezbonlik qiladi.

Bolalar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi ushbu musobaqalarda Terma jamoalar Boshqarmasi seleksionerlari va O‘FFning mas’ul xodimlari ishtirok etadi. Ularning asosiy vazifasi, birinchi navbatda musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishdan iborat.

Bundan tashqari, seleksionerlar mazkur musobaqalarda ishtirok etayotgan iqtidorli yosh futbolchilarni saralab olib, o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari bosh murabbiylariga tavsiya qilib borishadi. Bu orqali terma jamoalar safini yosh, iqtidorli va iste’dodli futbolchilar bilan to‘ldirib borish ham ta’minlanadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:19, 07.11.2017.
O'qildi: 4586 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик