Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Oligarxning oltin ovi yoxud «Monako» xo‘jayining oqilona siyosati

Oligarxning oltin ovi yoxud «Monako» xo‘jayining oqilona siyosati

Baho:
+ | -

Mana 7 yildirki, Dmitriy Ribolovlev «Monako»ni mohirlik bilan boshqarib kelmoqda. Shu davr ichida monegasklar 2-ligadan nafaqat elitaga, balki shohsupaga ham ko‘tarilishdi!

Boz ustiga, knyazlik klubi MFL talablariga to‘la javob beradigan bo‘lish maqsadida o‘zining ikki tizimini o‘zgartirdi. Natijada, dunyoning eng samarali transfer klublaridan biriga aylandi.

Kim edi-yu, kim bo‘ldi?

1-liga, qarzlar, prezidentlar qo‘nimsizligi, 2-divizion Jyuli, Evra, Roten va YECHLning finalidek yorqin damlar o‘tmishda qolib, «T» davri keldi. Ya’ni, moliyaviy tan­qislik davri. 2011 yilda aksiyadorlar «Monako»ni xorijiy sarmoyadorga sotib yuborishdi...

Sarmoyalar ta’sirida amalga oshirilgan o‘zgarishlardan keyin Vadim Vasilyev knyazlik jamoasi tizimidan joy oldi, bosh murabbiy lavozimini «Lester»dan avvalgi Ranyeri egalladi.

Bir qator samarali transferlar evaziga monegasklar Fransiya chempionatining kuchli beshligiga ko‘tarildilar. Lekin shu bilan birga anchagina muammolar ham yuzaga keldi.

Asosiylari - knyazlikdagi soliq tizimi va MFL qoidalari. «Monako»ni qo‘lga kiritishni diliga tugib qo‘ygan rossiyalik oligarx shahzoda Alberga qarmoq tashlagandi. O‘lja kutilganidan ham ziyoda bo‘ldi.

Ma’lumki, knyazlikdagi soliq tizimi Fransiyaning boshqa hududlaridagi qoidalardan keskin farq qiladi.

Liga «Monako» mutasaddilari oldiga klub shtab-kvartirasini ko‘chirish va mamlakat qonunchiligini to‘la qabul qilish talabini qo‘ydi. Saltanatdagilar 50 mln. yevrolik jarima evaziga bu muammoni hal etdilar.

MFL - Parij va Manchesterdagi davlatmand amaldorlar uchun o‘yinchoqdek gap. Lekin knyazlik vakillari astoydil ter to‘kishlariga to‘g‘ri keldi. Vasilyev yetakchiligidagi mutaxassislar klubning ichki siyosatini boshdan-oyoq qayta ko‘rib chiqishdi.

Qayta qurish

2017 yil - knyazlik klubi uchun hisobot yili. 2015 yilda UYEFA «Monako»ni FP qoidalariga amal qilmagani uchun jazolagan, jamoa 3 yil ichida kamomaddan qutulib, zarar keltirmaydigan sohaga aylanishi lozim edi.

Muammo muddatidan avval bartaraf etildi. Vadim Vasilyevning sport prinsiplariga amal qilgan holda olib borgan transfer siyosati Yevropa hamjamiya­ti  tomonidan yuksak baholanib, Globe soccer awards mukofotiga loyiq topildi.

«Oldimizda ikki  yo‘l bor edi - avvalgidek ulkan xarajatlarni davom ettirish yoki uzoq muddatga mo‘ljallangan puxta loyihani amalga oshirish» - deydi klub vise-prezidenti.

Qayta qurishning asosiy prinsipi: «Monako» daromad keltiradigan jamoaga aylanishi kerak. Boshqa chempionatlarga «uchirma» bo‘lgan ko‘plab yulduzlar aynan knyazlik klubida mukammallikka erishdilar. Ularning baholari ko‘tarildi.

Hatto kamolot cho‘qqisiga ko‘tarilib ulgurmagan Xames Rodriges ham «Real»ga o‘z qiymatidan bir necha barobar qimmatga sotildi. Martial, Silva, Mendi va Mbappening transferlarini fantastik kelishuvlar sirasiga kiritish mumkin.

Ha, tizim o‘z samarasini bermoqda. «Mablag‘ - futbolchilar - mablag‘» «konveyer»ining barqarorligini ta’minlash maqsadida monegasklar o‘z tizimlarini yanada takomillashtirishga intilmoqdalar.

Klaudio Ranyeri o‘rniga yosh va shijoatli Leonardu Jardim keldi. Uning rahbarligida «Monako» chempionlikka erishdi. Leonardu jamoaning bugungi falsafasiga juda mos tushdi - muntazam ravishda o‘zgarib turadigan tarkib bilan yuksak natijalar barqarorligiga erishish oson emas.

To‘g‘ri, bu borada bosh murabbiyga sezilarli yordam berayotgan skautlar tizimining xizmatlari beqiyos. So‘nggi yillardagi shiddatli rivojlanish tez orada Balde Keyta va Yuri Tilemans kabi yoshlar «Monako» yulduzlari darajasiga ko‘tarilishlariga umid uyg‘otadi.

Skauting va seleksiya - muvaffaqiyat garovi

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:19, 09.11.2017.
O'qildi: 3647 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.