Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

OFK O‘zbekistonda mini-futbol maydonlari barpo etishga mablag‘ ajratadi

OFK O‘zbekistonda mini-futbol maydonlari barpo etishga mablag‘ ajratadi

Baho:
+ | -

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo Futbol Konfederasiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga asoslangan turli loyihalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, OFK tomonidan milliy assosiasiyalarni rivojlantirish dasturi asosida ikkita loyiha bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Unga ko‘ra yurtimizning Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida bolalar uchun mo‘ljallangan mini-futbol maydonchalari barpo etilishiga OFK tomonidan mablag‘ ajratiladi. Bundan tashqari, Respublika Oliy Sport Mahorati Futbol Maktabiga qarashli sun’iy qoplamali maydon OFK tomonidan ajratiladigan mablag‘lar asosida to‘laligicha rekonstruksiya qilinadi.

Shuningdek, uchrashuv davomida milliy chempionatda ishtirok etadigan klublarni lisenziyalash bo‘yicha ular oldiga qo‘yiladigan talablar masalasi ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi FIFA va Osiyo Futbol Konfederasiyasining direktiv hujjatlari, shuningdek boshqa normativ hujjatlar asosida OFK, O‘FF va PFL tashkil qiladigan musobaqalarida ishtirok etish uchun professional futbol klublariga qo‘yiladigan talab va tamoyillarni kuchaytirgani OFK prezidenti tomonidan yuqori baholandi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 14:10, 09.11.2017.
O'qildi: 3688 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.